Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toşkentda daraxtlarni dizel bilan quritişga urinişdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAlbom2 daqiqa0tahrirlangan
Дарахт танасининг пастки қисмига дизель ёқилғиси қуйилган ҳолат
Темир тўсиқ ёнида ўсиб турган яшил дарахтлар
Дарахт илдизи атрофидаги тупроққа ёқилғи шимилган жой
Экология қўмитаси ходимлари ва ишчилар дарахтлар ёнида ўрганиш ўтказмоқда

Vahşiy qotillar!

Keça Troll.uz sahifasida Toşkent şahridagi Katta Mirobod mahallasida ayrim şaxslar tomonidan daraxtlarni atayin quritiş maqsadida ular ostiga dizel yoqilğisi quyilayotgani haqida xabar çiqdi.

Davlat ekologiya qömitasining maʼlum qilişiça, olib borilgan örganişlar natijasida daraxtlarni sunʼiy ravişda quritişga uriniş öz tasdiğini topgan va suriştiruv boşlanibdi.

Hozirda daraxtlarni saqlab qoliş işlari boşlab yuborilibdi.

Katta ehtimol bilan bu işni şu hududda quriliş qilişdan manfaatdor şaxslar qilgan bölişi mumkin. Ayrim quruvçilar şu darajada quturib ketişganki, öz maqsadlari yölida har qanaqa iflosligu razillikka tayyor.

Masalan, yil boşida Yunusobodning Şahristonida niqoblangan şaxslar (!) şundoqqina yöl böyida ösib turgan tört tup qarağayni kesib ketgandi. Kesgan daraxtini olib ham ketmasdan, şunçaki kesib, taşlab ketgandi. Holat böyiça jinoyat işi qözğaşgandi, keyin natijasi nima böldi, bundan xabarim yöq. Bu maşmaşalar öşa hududda yaşovçi aholi va öşa yerda quriliş qilayotgan tadbirkor örtasidagi tortişuvlardan keyin bölgani ham ğalati.

Xullas, Toşkentning hamma yerini qurilişga berib, “quritib” böldik hisob. Mahallalar orasida bir qariç ham yer qolmadi. Endi daraxtlarni quritişga ötdik. Ertaga odamlarni quritamiz. Bora-bora butun mamlakatni quritmasak görga edi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 😢 2428
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek