Bahrom Abduhalimov Toşkentdagi qurilişlarni tanqid qildi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0
Bahrom Abduhalimov: “Muhtaşam “siti”larga ruju qöyiş ekologik tanglikni kuçaytiradi”
“Adolat” SDPdan Prezidentlikka nomzodi qöyilgan Bahrom Abduhalimov Toşkentdagi haddan ortiq qurilişlarning zarari, xususan suv resurslarining yöq qilinayotganini tanqid qildi.
“Havodagi çangga qarşi qanday kuraşiş mumkin? Buning yöllari köp, masalan sunʼiy köllardan foydalaniş. Lekin yurtimizda suv havzalari köpaytirilişning örniga ularni yöq qilişga harakat qilinayotgani taassufli holatdir.
Bundan ança yillar avval poytaxtdagi Özbekiston davlat konservatoriyasi binosi örnida katta köl bölardi, hozir undan asar yöq. Yaqinda Milliy boğdagi köl ham tag-tugi bilan yöq qilinib, örniga allaqanday “siti” qaqqaytirib qöyildi. Ğafur Ğulom nomidagi istirohat boği ham şunday rejalar çangalida turibdi”, - deydi Bahrom Abduhalimov.
👉 @xushnudbek 👈





