Toşkentdagi suv toşqinlari va infratuzilma muammolari

Matn25-aprel, 2019, 14:382 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Yoğingarçilik tufayli yuzaga kelgan Toşkentdagi suv «toşqinlari»dan keyin @davletovuz kanalida ança oldin eʼlon qilingan fikrlarni biz ham yana bir bor eslatişga qaror qildik, çunki bu mulohazalarning haligaça aktualligi yöqolmagan:

«Kurbanovning fikrlariga töliq qöşilamiz

“Har gal navbatdagi “siti” haqida öqir ekanman, barça kommunikatsiyalar qurilganidan beri yangilangani yöqligi haqida öylayman. Yoki kimdir bir marta bölsa ham navbatdagi siti uçun elektrostansiyaning yangi quvvati işga tuşirilişi, suv va kanalizatsiya uçun bir neça kilometrlik truba yotqizilişi rejalaştirilayotgani haqida eşitganmi? Nima uçun uşbu yirik rejalarda yangi kabellarni, trubalarni yotqiziş, şaharni tozalaş quvvatlarini kengaytiriş, suvoqavani yaxşilaş haqida heç narsani körmaymiz?

Butun şahar böylab biznes-sitilarni qurayapmiz-u, lekin ularning taʼminoti haqida umuman öylamaymiz.

Har bir navbatdagi 20-, 30-, 50-qavatli bino uşbu barça kommunikatsiya tizimlarini “zöriqtiriş”da davom etadi. Biz, Moskva viloyati aholisi kabi çiqindilar, Dakka aholisidek iflos şaroitda qolib ketamiz. Öşanda aybdorlarni izlaş juda keç böladi. Zato har bir tumanimizda siti böladi.

Umuman, nega heç kim şaharning taşqarisida qurişni istaşmaydi?! Toşkent atrofida böş yer yöqmi? U yerga xayvey qursak böladi-ku! (Darqoqe, Rahmonov hokimligida yangi qurilişlar uçun şaharni Toşkent viloyatining ayrim tumanlari (Qibray, Yangiyöl, Yuqori Çirçiq, Quyi Çirçiq, Zangiota va Örta Çirçiq tumanlari yönalişida) hisobiga 1.5 barobar kengaytirilişi haqida rejalar bor edi. Qurilişlar, quvvatlar, infratuzilmalar şu yangi hududlarda amalga oşirilişi közda tutilganda. Oradan 1.5 yil ötib bu rejalar butkul esdan çiqarildi — taʼkid bizniki)

Albatta, hammasi kundek ravşan. U yerga biz tilga olayotgan butun boşli infratuzilmani olib boriş kerak. Şaharda esa hammasi tayyor.

Ammo navbatdagi biznes tower’dan şaharning öta muhim trassasiga çiqindi çiqsa, öşanda, şak-şubhasiz, aybdorlarni izlaşni boşlaymiz".

P.S.: birinçidan, uzoq yillar davomida Toşkent şahrida propiskani oçmaslikning sabablaridan biri sifatida aynan “poytaxtimizning kommunikatsiya tizimi viloyatliklarning oqimiga bardoş bera olmasligi”ni körsatib kelişdi. Lekin şahar kvartallarining içida böy çözayotgan bir balo, bir balo xauslar na kanalizatsiyaga, na infratuzilmaga investitsiya kiritmoqda. Bor böşliqni jadallik bilan egallab olişayapti. Bir sutka yomğir yoğsa, şaharni suv bosib ketayapti.

Ikkinçidan, nega avval heç qursa bitta sitini bitirib, keyin boşqasiga kirişilmayapti. Butun şaharni qişloqqa öxşab, qazib taşlaşga munça şoşilmasak? Qörqqanimiz — u yoki bu sabab bilan bu loyihalar handaq bosqiçida töxtab qolmasa edi. Ekologiya haqida. Körib turibmiz, çang yomğir yoğayapti, çangdan nafas olayapmiz. Harakatdan bir dumalab partiya bölib olgan “yaşillar” vakillari esa topşiriq bölmagunça bu haqda sukut saqlaşda davom etadi.

Albatta, bularning barçasi IMHO».

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek