Kanadada iş taklif qilayotgan firibgarlar haqida ogohlantiriş
Kanadada iş taklif qilayotgan firibgarlar
Farhod Fayzullayev bu haqida kanalida quyidagilarni yozib qoldirdi:
«Bir oyça avval Telegramdagi California Team kanalida xabar tarqaldi. Emişki, Kanadadagi Pizzeria Libretto 15 nafar hamyurtimizni pitssa taşuvçi sifatida çaqirayotganmiş.
Pittseriya soatiga 10,25 dollar, kuniga 150—200 dollar çoyçaqa berarmiş. Bunday viza oliş uçun avval 9,5 mln söm, viza çiqqanidan keyin 69 mln söm tölaş kerakmiş.
Bu eʼlonni körişim bilan menda şubha tuğildi.
Birinçidan, Kanadaning immigratsion strategiyasi malakali insonlarni doimiy yaşaşga jalb qilişdan iborat. Masalan, Rossiyadan farqli ölaroq, Kanadaga vaqtinçalik, kam malaka talab etiladigan işlarga viza oliş deyarli imkonsiz.
Ikkinçidan, pitsseriyaning soatiga 10,25 dollar tölaşi qonunga xilof, çunki bu summa minimal belgilangan qiymatdan past. Masalan, Ontarioda kompaniyalar xodimlariga soatiga kamida 14 dollar, Albertada 15 dollar, Manitobada esa 11,35 dollar tölaşi şart, undan kam tölaşi mumkin emas.
Uçinçidan, viza olişdan avval 9,5 mln söm, olinganidan keyin 69 mln söm tölaş aqlga siğmaydi. Viza oliş imkonsizligini inobatga olsak, 69 millionni unutsak ham böladi. Ammo 9,5 mln söm — bu 1500 Kanada dollari demakdir. Bu pulga rasmiy röyxatdan ötgan immigratsion advokat, masalan, Rahmad aka Sobirov yordamida vizani harakatini qiliş mumkin.
Işqilib, bu masalada darhol Rahmad aka bilan boğlandim. Ular esa öşa pittseriya bilan aloqaga çiqdi va kuni keça Libretto'dan javob oldi.
«Bizning kompaniyamiz nomidan bunday firibgarlik yölida foydalanilgani bizni hayratga soldi», — deyiladi pittseriya menejeri Drago xonimdan kelgan imeylda. «Men odamlarning intiliş va orzularidan bunday noholis yöldan foydalanişayotganidan jirkanib ketdim.»
Işqilib, pittseriya heç qanaqasiga 15 kişini çetdan olib kelmayotgani, ular pitssa taşuvçilar qidirişmayotganini taʼkidlagan. Uşbu imeyl matni menda bor va uning haqiqatan Libretto Pizzeria maʼmuriyati tomonidan yuborilganini kafolatlayman.
Qissadan hissa şuki, yuqoridagi işga oliş haqidagi eʼlon soxta va uni tarqatganlar (juda katta ehtimol bilan) firibgarlardir. 9,5 millionni sarflaganlarga sabr tilayman va ularni aldaganlarni içki işlar organlariga topşirişlarini maslahat beraman.
Tilla toğlar-u mömay daromad taklif qilişganda darxol işonib ketavermang, maʼlumotlarni tekşiring. Agar sizga Kanadalik kompaniya uy-joy qilib berişi, ovqat bepul berişini aytişsa, işonmang. Heç qanday işxona tekinga uy-joy tayyorlab bermaydi.
Unutmang, Kanadaga tilni bilmasdan ketişning iloji yöq. IELTS yoki fransuz tilidan halqaro sertifikatsiz Kanadaga işlaşgayam, öqişgayam, yaşaşgayam borib bölmaydi. Şunçaki imkonsiz.
Xulosa örnida
Soxta eʼlonni tarqatganlarga maslahatim — unaqa qilmang, pulingizni halol toping. Agar çindan ham öşa pittseriya bilan şartnomangiz bölsa marhamat, eʼlon qiling».
P.S.: agar Sizga xorijdan iş taklif qilişayotgan bölsa, mana bu yerda yozilgan maslahatlarni öqib çiqişni va agentlikni tekşirib olişni maslahat beraman.
👉 @xushnudbek 👈
