Kanadaga immigratsiya bo'yicha huquqshunos bilan intervyu
Kalgari şahrida yaşayotgan Farhod Fayzullayev öz kanalida Kanadaga ketiş haqida kelib tuşayotgan savollarga oydinlik kiritiş maqsadida Torontoda istiqomat qiluvçi vatandoşimiz, immigratsiya böyiça advokatlik firmasi rahbari Rahmad Sobirov bilan intervyu uyuştirmoqçi ekan.
Rahmad Sobirovning Sobirovs Law Firm (https://sobirovs.com/) yuridik firmasi 2012-yildan buyon immigratsiya böyiça advokatlik xizmatlarini körsatadi va bunday xizmatlarni körsatiş uçun davlat litsenziyasiga ega.
Men uçun qiziq tomoni, kompaniya rasmiy saytida keltirilgan maʼlumotga köra, yuridik firmaning yarim soatlik maslahati 150 dollar turarkan. Qanday ajoyib!
Rahmad aka bilan yil boşida tanişgan edik. Oqtöbeda halok bölgan 52 nafar yurtdoşlarimiz uçun ötkazilgan xayriya aksiyasida Kanadalik hamyurtlarimiz ham salmoqli ehson ajratişgan edi. Öşa jarayonlarda Rahmad aka ham jonbozlik körsatgandilar, köp bora suhbatlaşgandik.
Yurtdoşlarimiz xalqaro maydonlarda nufuzli yuridik firmalar taşkil qilib, samarali faoliyat olib borayotganidan ham özbek, ham huquqşunos sifatida faxrlanaman. Ularning işlariga rivojlar tilab qolaman.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
