Andijon viloyati hokimligining haşar haqidagi vaji asossiz
Andijon viloyati hokimligi Prezident qarori kuçini yöqotganini bilmaydimi?
Yodingizdami, Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov farmoyişi bilan «maʼnaviyat haşari» eʼlon qilingan va viloyatdagi barça taşkilotlar xodimlarining 1 kunlik iş haqi ixtiyoriy (lekin topşiriq xatida "şart" deyilgan) uşlab qolinib, viloyat hokimligining hisob-raqamiga ötkazib beriş belgilangan edi.
Andijon viloyati hokimligi vakili Kun.uz naşriga şu haşar böyiça izoh beribdi. Va bir dunyo vajlar bilan uşbu haşar aslida qonuniy ötkazilganini isbotlamoqçi bölişibdi. Buning uçun viloyat hokimligi 6 ta hujjatni asos qilib keltirgan.
Şu hujjatlardan biri 1992-yil qabul qilingan Qizil yarim oy jamiyati töğrisida öşa paytdagi Boş vazir Abdulhoşim Mutalov imzolagan qaror ham bor. Vaholanki, bu qarorni (xuddi qolgan 5 ta hujjat kabi) umumxalq haşariga mutlaqo aloqasi yöq.
Eng qiziği, viloyat hokimligi aytgan 6 ta hujjatdan biri, aniqroği Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qarori allaqaçon öz kuçini yöqotgan. Ötgan yili 28-iyuldagi PQ-3160-sonli Prezident qarorining 15-bandida bu haqida aniq va tiniq qilib yozib qöyilgan.
Demak, viloyat hokimligi öz kuçini yöqotgan hujjatga asoslanib haşar eʼlon qilayotgan ekanda?! Eh, baraka topgurlar, şu Sizlarga kerakmidi, a? Tinçgina aybingizni tan olib, farmoyişni bekor qilib, hamma pullarni qaytarganingiz yaxşimasmidi? Özingizni oqlayman deb, badtar ahvolingizni yomonlaştirib qöyyapsizku...
Lekin şu örinda aytiladigan boşqa gap bor. Nahotki butun boşli viloyat hokimligi Prezident qarorining öz kuçini yöqotganini şu çoqqaça bilmagan? Axir hokimlikda yuristlar ham bölsa kerak? Kun.uzga röyxatni berayotgan paytda bir oğiz tekşirib körişsa bölmasmidi, degan savollar Sizning ham xayolingizga kelgan bölsa kerak.
Gap şundaki, bu yerda barça aybni viloyat hokimligiga tönkaşdan yiroqman. Sababi 2006-yildagi PQ-451-sonli Prezident qarori Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida (Lex.uz) haliyam qonuniy kuçga ega hujjat sifatida turibdi. Tekşirib körişingiz mumkin.
Buning sababi ham oddiy. Çunki Lex.uz portaliga Prezidentning 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-sonli qarori joylaştirilmagan. Qaror matni "Xalq sözi" gazetasi va ÖzAda çop etilgan, lekin nima uçundir Lex.uz`ning informatsion-axborot qismida yöq.
Xullas, şunaqa gaplar.
Lekin tan olib aytiş kerakki, bu holat vaziyatni umuman özgartirmaydi, çunki kuçini yöqotgan hujjatni haşarga mutlaqo aloqasi yöq. Viloyat hokimining farmoyişi baribir noqonuniy bölib qolaveradi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
