Hokimliklarning 2000 ta qarori bekor qilindi

Matn26-noyabr, 2020, 11:411 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Hokimliklarning yuristlari qayoqqa qarayapti?”

Keça adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan bölib ötgan onlayn muloqotda oxirgi 2,5 yil içida adliya tizimidagi idoralar taşabbusi bilan mahalliy hokimliklarning 2000 tagaça qarorlari bekor bölgani aytildi. “Yurist qayerga qarayapti? Nega ular obyektiv işlamayapti?” deya eʼtiroz bildirdi vazir.

Bu adliya organlarining statistikasi ekan. Boşqa vakolatli organlarning taşabbusi bilan bekor qilingan qarorlar ham bor hali.

Eng qiziği, nafaqat hokimliklarning, balki barça davlat taşkilotlarining yuridik xizmati xodimlari işga kirişidan oldin tegişli adliya organlaridan suhbatdan ötadi. Bundan taşqari har uç yilda yuristlar malakasini oşiriş markazida 2 hafta öqiydi va şunça muddatda malaka attestatsiyasidan ötadi.

Şunda adliya organlarining özi noloyiq yuristlarni lavozimga tasdiqlamayaptimi, deb öylab qolişingiz mumkin, albatta.

Tanganing boşqa tomoniga nazar taşlasak, muammoning asosiy ildizini 3ta narsada köraman:

1. Nafaqat yuridik soha, balki barça yönalişlarda taʼlimning, kadrlar tayyorlaş tizimining sifatsizligi;

2. Hokim buyruqlarini tayyorlaşda doim ham yuristdan sörab ötirilmasligi. Yaʼni ayrim hokimlarning özbilarmonligi, “men xohladimmi, şunaqa böladi” degan prinsip bilan qöl ostidagilarni eşitmasligi;

3. Hokimlarning buyruq va qarorlari hali-hanuzgaça jamoatçilikka oçiq eʼlon qilinmasdan, imi-jimida qabul qilinişi, buning ortidan esa mahalliy hokimliklarning qarorlar qabul qilişda masʼuliyat hissi juda pastligi.

Va yana boşqa bir qator omillar bunday oqibatga sabab bölmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek