Normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuçi va qöllanişi

Matn12-iyun, 2019, 10:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Xushnudbek.uz

#bilib_qöygan_yaxşi

Normativ-huquqiy hujjatlarda farq bölsa, qaysi biri qöllanadi?

Keçagi pensiya haqida yozgan postimdan söng, köplab savollar kelib tuşganini hisobga olib, normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqa maʼlumot bermoqçiman. Bilib qöyişingiz kerak bölgan oddiy qoidalar mavjud.

Quyidagi yozadiganlarimizning barçasi «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunga asoslangan.

Eng avvalo bizda normativ-huquqiy hujjatlarning qanday turlari mavjudligini körib çiqamiz. Bular quyidagilar:

1) Konstitutsiya;
2) Qonunlar;
3) Oliy Majlis palatalarining qarorlari;
4) Prezident farmonlari va qarorlari;
5) Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
6) vazirliklar, davlat qömitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
7) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Köpçilik Prezident va Vazirlar Mahkamasi farmoyişlarini ham normativ-huquqiy hujjat deb adaştiradi, lekin aslida bunday emas.

Yuqoridagi hujjatlarning yuridik kuçi ham ayni şu tartibda belgilanadi. Yaʼni Konstitutsiya hammasidan ustun turadi. Yuridik kuçi jihatdan keyingi örinda qonunlar turadi. Oliy Majlis palatalarining qarorlari hatto Prezident farmon va qarorlaridan ham ustun turadi. Vazirliklarning qarorlari hokimlarning qarorlaridan ustun turadi va h.k

Aytaylik, 2 ta hujjatda tafovut mavjud bölsa, yaʼni bir-biriga zid qoidalar kelib qolsa, unda qaysi biriga amal qilinadi, degan savol tuğilişi tabiiy.

Bunda eng birinçi yuqoridagi röyxatga qaraladi – qaysi hujjatning yuridik kuçi kattaroq bölsa, şu amal qiladi. Masalan, Qonun va Prezident qarorida tafovut mavjud bölsa, unda Qonun ustunroq böladi va qonundagi qoida qöllanadi. Prezident Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi qarorida tafovut bölsa, Prezident Farmoni qöllinişini bilib oldingiz, deb öylayman.

Agar bir-biriga teng kuçli 2 ta hujjatda farq bölsaçi, unda nima böladi? Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarorida tafovut bor deylik. Bunday holda qaysi qaror keyinroq qabul qilingan bölsa, öşandagi qoidalarga amal qilinadi. Aytaylik, bitta qaror 2008-yil, keyingisi 2016-yil qabul qilingan bölsa, demak, 2016-yildagi qaror ustunroq böladi.

Va uçinçi qoida ham bor. Bu vazirlik, davlat qömitalari va idoralarning hujjatlariga tegişli qoida. Muayyan sohani huquqiy jihatdan tartibga soliş uçun maxsus vakolatli taşkilotning hujjati bir xil darajadagi taşkilotlarning hujjatlaridan ustunroq turadi, oldin yoki keyin qabul qilinganidan qatʼi nazar. Masalan, Soliq qömitasining soliqqa oid biror hujjati bilan Quriliş vazirligining hujjatida farq yuzaga kelsa, unda Soliq qömitasining hujjati qöllanadi.

Xullas, şunaqa gaplar.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek