Yuksaliş harakati propiska tizimini isloh qilişga çaqirdi
Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga qöyiş tartibi yuzasidan
«Yuksaliş» umummilliy harakati propiska mavzusida munosabat bildirdi.
«Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar hamda OAVlarda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga qöyiş tartibi faol muhokama qilinib, keng jamoatçilikning turli fikr-mulohazalariga sabab bölmoqda», - deyiladi munosabatda.
Jumladan, Özbekistonda propiska böyiça örnatilgan uşbu tartib fuqarolarning şaxsiy va mulkiy huquqlaridan töla-tökis foydalanişiga, urbanizatsiya jarayonlari, ijtimoiy rivojlaniş, xususan istiqbolli yoşlar, malakali kadrlarning xorijda işlaş uçun mamlakatni tark etayotganliklari haqida köplab fikrlar bildirilganligi qayd etilgan.
Harakatning eslatişiça, 2018-yilda Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalarni qöllab quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturining 56-bandida Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini taʼminlaş maqsadida doimiy va vaqtinça röyxatga qöyiş (hisobga oliş) tartibini soddalaştiriş belgilangan edi.
Mazkur band ijrosi yuzasidan bir qator işlar qilindi, lekin şunga qaramay, Davlat dasturida Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan fuqarolar uçun asossiz spekulyatsiyaning oldini oliş çoralarini körgan holda ikkilamçi bozordan köçmas mulk sotib olişga bölgan çeklovlarni bekor qiliş tartibi nazarda tutilgan bölsada, uşbu masala tölaqonli amalga oşirilmagan. Bu esa fuqarolar tomonidan eʼtirozlarning yanada köpayişiga sabab bölmoqda.
Öz navbatida, Harakat fuqarolarning ayni şu masala — Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska böyiça amaldagi tartib yuzasidan fikrlarini örgandi. Xususan, Telegram tarmoğidagi Jamoatçilik fikri sahifasida joriy yilning 3–11-iyun kunlari davomida jamoatçilik fikri sörovi ötkazildi. Unda 17 ming 700 nafardan ziyod fuqarolar iştirok etib, respondentlarning asosiy qismi, yaʼni 49 foizi uşbu tartib fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga mutlaqo zid ekanligini taʼkidladi.
Körinib turibdiki, Davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan uşbu bandning amalga oşirilişi bugungi kunda dolzarb ekanligini jamoatçilik fikri natijalari ham tasdiqlamoqda.
Fikrimizça, belgilangan çora-tadbirlarning öz vaqtida va tölaqonli amalga oşirilganida, bugungi kunga kelib fuqarolarning noroziligi va muhokamalariga sabab bölmas edi. Aksinça, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga amal qilinişi Özbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada oşişiga, urbanizatsiya jarayonlariga, ijtimoiy rivojlaniş, xususan, istiqbolli kadrlarning xorijga çiqib ketişining oldi olinişiga xizmat qilgan bölar edi, - deb hisoblaydi Harakat.
“Yuksaliş” umummilliy harakati uşbu masala yuzasidan qöyidagi çora-tadbirlarni amalga oşirişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi:
• Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiska qiliş tartibini turar joyi böyiça hisobga oliş tizimi bilan almaştiriş. Bunda hisobga olişni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soddalaştirilgan tartibda amalga oşiriş;
• Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan fuqarolarning köçmas mulkka bölgan huquqlarini eʼtirof etişni nafaqat birlamçi bozor, balki ikkilamçi bozorda, şuningdek umrbod özgaga berilganda yoki hadya qilinganda ham beriş tartibini joriy qiliş.
Munosabat tugadi.
P.S.: qöpol qilib aytganda, "çyotkiy" çiqiş bölibdi oma lekin.
👉 @xushnudbek 👈
