Propiskaga oid vazifalar ijrosi tahlili
Propiskaga oid vazifalar hali ham töliq bajarilmadi. Yil tugaşiga esa oz qoldi.
(Muhrimning postidan ilhomlanib)
Prezident farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning hammasi ham öz vaqtida bajarilmayotganligini keça davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev ham öz nutqida taʼkidlab ötdi. Xususan, şunday deyiladi:
«Qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan 13 mingdan ortiq topşiriqlarning 20 foizi muddatida ijro qilinmagan».
Keling, endi biz birgina propiskaga oid belgilangan vazifalar qay darajada bajarilganini körib çiqamiz.
Harakatlar strategiyasi doirasida 2018-yil 22-yanvar kuni PF-5308-sonli Prezident farmoni bilan 2018-yilgi davlat dasturi qabul qilingan edi.
Uşbu dasturning 56-bandida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini taʼminlaş maqsadida doimiy va vaqtinça röyxatga qöyiş (hisobga oliş) tartibini soddalaştiriş masalasi belgilangan. Undagi har bir vazifani alohida-alohida tahlil qilamiz:
✅❌ pasport oliş, taʼlim oliş, mehnat qiliş va boşqa huquqlarni amalga oşirişda propiska bilan boğliq çeklovlarni bartaraf qiliş;
• Qisman bajarildi.
✅❌ voyaga yetmagan şaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uçun maʼmuriy javobgarlikni bekor qiliş;
• Qisman bajarildi. Yaʼni fevralda loyiha işlab çiqildi, lekin qonun haligaça qabul qilinmadi.
✅❌ mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uçun iş beruvçining maʼmuriy javobgarligini bekor qiliş;
• Qisman bajarildi. Loyiha bor, lekin qonun haligaça qabul qilinmadi.
✅❌ vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmasdan yaşaganlik uçun maʼmuriy jazo çoralarini yengillaştiriş, yaşaşga yöl qöyganligi uçun javobgarlikni bekor qiliş nazarda tutiladi.
• Qisman bajarildi. Loyiha bor, lekin qonun haligaça qabul qilinmadi.
✅ mavsumiy işlarga (quriliş, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinçalik röyxatga oliş tizimini soddalaştiriş, ular uçun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalaniş bitimini tuziş talabini bekor qiliş;
• Bajarildi.
✅❌ Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölgan fuqarolar uçun köçmas mulk sotib oliş böyiça amaldagi talablarni soddalaştiriş;
• Qisman bajarildi. Lekin bu band böyiça ayrim tuşunmovçiliklar bor. Bu haqida keyinroq.
✅ içki turizmni rivojlantiriş maqsadida vaqtinça propiskasiz (yaşaş joyi böyiça hisobga turmasdan) böliş muddatini uzaytiriş;
• Bajarildi. Vaqtinçalik propiskaning maksimal muddati 1 yilgaça uzaytirildi. Ilgari 6 oygaça edi.
❌❌❌ Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan fuqarolar uçun asossiz spekulyatsiyaning oldini oliş çoralarini körgan holda ikkilamçi bozordan köçmas mulk sotib olişga bölgan çeklovlarni bekor qiliş;
• Bajarilmadi. Qaçon bajarilişi ham maʼlum emas.
Tez orada yuqoridagi bandlar böyiça asoslantirilgan batafsil maqola eʼlon qilaman.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

