Toşkentda propiska böyiça IIBB bayonotiga munosabat

Matn18-aprel, 2019, 11:353 daqiqa0 koʻrish

​​Keçagi IIBB bayonoti böyiça munosabatim

Toşkent şahar IIBB propiska haqidagi postimga rus tilida rasmiy munosabat bildirdi.

Munosabatdagi eng muhim qismi, bu – 4-bandi. Unda aytiladiki, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasining 14.12.2017-yildagi 22/25297-sonli körsatmasida yangi uy sotib olib, 1-band bilan propiskaga kirganlarning FAQAT er yoki xotin, öz oilasi bölmagan voyaga yetgan bolalari va er-xotinning birgalikdagi va/yoki oldingi nikohidan yoki nikohsiz tuğilgan voyaga yetmagan bolalari, şuningdek farzandlikka olingan bolalarigina 2-band bilan bilan propiska qilinişi mumkinligi belgilangan ekan.

Mana şu körsatma qonunga xilofligini nahotki haligaça tuşunişmayotgan bölsa?!

Birinçidan, IIV boşqarmasining körsatmasi normativ-huquqiy hujjat emas.
Ikkinçidan, qonunçilikda körsatilmagan qoidalar asosida xalqning ahvolini oğirlaştiradigan, ularning huquqlarini çeklaydigan taqiqlar belgilaşga IIV boşqarmalarining mutlaqo haqqi yöq.

Tuşuntiraman.

QONUNdan köçirma (14.09.2011):

1. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bölgan ÖzR fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga;
2. Qarindoşlar — özlarining töğri şajara böyiça birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga... doimiy propiska qilinadi.

VM QARORI (16.02.2012, №41):

7-2. Röyxatning 1 va 8-bandlari asosida Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoşlari Röyxatning 2-bandi asosida doimiy propiska qilinadilar.

IIV buyruği bilan tasdiqlangan YÖRIQNOMA (01.05.2012, №71):

4. (sakkizinçi xatboşi) Röyxatning 1 va 8-bandlari asosida Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoşlari Röyxatning 2-bandi asosida doimiy propiska qilinadi.

Yuqoridagi Qonun, VM Qarori hamda vazirlik yöriqnomasida yangi uy sotib olib, 1-band bilan propiska qilinganlarning qarindoşlari (öz-özidan töğri şajara böyiça 1 va 2-darajali) 2-band bilan propiska qilinadi deyilgan. Tamom. Heç qanaqa çeklov yöq.

Baraka topgur, byurokratlar, mana şu 3ta hujjat xulosa qiliş uçun yetmaydimi Sizlarga?

Bu xuddi bir parça qor bölagidan qorbobo yasaşga öxşaydi. Toki Konstitutsiyadan boşlanib, qonunlarda davom etib, eng pastki böğinga yetib borgungaça, qor bölagi yumalab, yanada oğirlaşib boraveradi. Xalqning ahvoli ham xuddi şu vaziyatda borgan sari oğirlaşib, “nafas olişi” qiyinlaşib ketyapti.

Özingiz öylang, hurmatli muştariy, vazirlikdagi boşqarma boşliği kim bölibdiki, Qonunlar, hukumat qarorlari va hattoki özining vaziri tasdiqlagan yöriqnomani tan olmasdan, xalqning ahvolini yanada oğirlaştiradigan, fuqarolarga qiyinçilik tuğdiradigan körsatma berişi mumkin? Boşqarma boşliği qonunni imzolagan Prezidentdan, qarorni imzolagan Boş vazirdan, buyruqqa qöl qöygan vazirdan ham ustunmi? Bunga qanday çidaş mumkin? Qaysi aql bilan buni tuşuntirsa böladi?

Va yana Toşkent şahar IIBB uyalmasdan mana şu körsatmani rasmiy saytida öz harakatlarini oqlaş uçun asos sifatida keltirayotganini qarang.

Tasavvur qiliş uçun, bir töqima misol keltiraman:

Deylik, Qonun, VM qarori hamda IIV yöriqnomalarida BARÇA fuqarolarga zagranpasport berilişi belgilangan. Lekin IIV boş boşqarmasi körsatma çiqarib, FAQAT Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Buxoro viloyati aholisiga zagranpasport berilsin, qolganlarga berilmasin, deb topşiriq berganga öxşaydi hozirgi holat.

Döstona maslahat!

Içki işlar vazirligining rahbariyati tajribali, uzoqni köra biladigan insonlardir. Ular xuddi şu masala yuzasidan bölayotgan voqealar oxir-oqibat vazirlik imidjini keskin tuşirib yuborişi mumkinligini yaxşi anglay oladilar, degan umiddaman.

Şu sababli bunga öz taşabbuslari bilan çek qöyişlarini çin dildan tilab qolaman. «Kimgadir çora körilsin, falonçi jazolansin», degan iddaolar bilan çiqiş niyatim yöq, şunçaki xalqimizga qonunlarda belgilangan huquqlaridan erkin foydalana olişlari uçun imkon beringlar, iltimos. Boşqa narsani söramayman.

P.S.: şu masala böyiça muammoga uçragan insonlar allaqaçon sudga ariza topşirib qöyişdi.Köramiz, voqealar rivoji nima bölarkin. Nomi öçsin, şu propiskaning...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek