DTM test tizimidagi özgarişlarni qayta körib çiqadi

Matn17-aprel, 2019, 17:512 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

DTM testga kiritmoqçi bölayotgan özgarişlarini qayta körib çiqadi

Adliya vazirligi DTMning test tizimiga kiritişni rejalaştirayotgan özgarişlari böyiça öz xulosalarini berdi, deya xabar bermoqda bloger Şahnoza Töraxöjayeva.

Unda loyiha böyiça bir qator takliflar va eʼtirozlar bildirilgan. Xususan:

✅ Vazirlik DTMdan imtihonda foydalaniladigan darsliklar masalasiga aniqlik kiritişni, yaʼni uşbu darsliklar röyxatini şakllantiriş uçun aniq mezonlarni işlab çiqişni talab qilgan.

✅ Loyihadagi eng bahsli örinlardan biri – test sinovlarini takror topşiriş uçun eng kam iş haqining 1 baravari miqdorida tölov undirilişi masalasiga Adliya vazirligi eʼtiroz bildirgan. “Bu fuqarolarning konstitutsion huquqlariga zid, çunki konstitutsiyada har kimga moddiy va jismoniy imkoniyatlaridan qatʼi nazar, taʼlim olişi uçun bir xil imkoniyat berişni belgilab qöyilgan. Şu bois mazkur band qayta körib çiqiş kerak, uşbu masala aholi örtasida noroziliklar yuzaga kelişi mumkinligini inobatga oliş lozim” deyiladi vazirlik xulosasida.

✅ DTM rahbarining maqomini vazirga tenglaştiriş böyiça bandga ham eʼtiroz bildirilgan. DTM vakolatlari kengaytirilişi maqsadga muvofiq emas, yaʼni uşbu qaror loyihasidan közlangan maqsadga. Adliya vazirligi “loyihaning tartibga soliş predmeti bölmagan 6-band ortiqça sifatida çiqarib taşlanişi lozim” degan xulosani bergan. Uşbu bandda DTMning vakolatlarini kengaytiriş, xususan, uning direktorini lavozimiga köra vazirga tenglaştiriş, rahbarga Davlat test markazi tuzilmasiga özgartirişlar kiritiş huquqini beriş nazarda tutilgan.

✅ Loyihada 2 yil muddatga amal qiladigan sertifikat berilişi belgilangan. Ammo sertifikat qanday tartibda beriladi va berilgandan keyin uning qanday yuridik kuçi böladi degan masalalar oçiq qolgan. Amalga oşirilişining aniq mexanizmiga ega bölmagan normalar huquqni tartibga solişdagi böşliqlarni paydo qiladi va bu öz navbatida korrupsiyaga yöl oçadi. Şu sababli Adliya vazirligi uşbu sertifikatni beriş tartibini işlab çiqiş va uning huquqiy oqibatlarini aniq bayon etiş lozim deyapti.

✅ Adliya vazirligi regulation.gov.uz portalida fuqarolarning uşbu loyiha böyiça bildirgan taklif va mulohazalarini har tomonlama, sinçkovlik bilan örganib çiqişni taʼkidlagan va öz xulosalariga uşbu fikr-mulohazalardan qöçirmalarni ilova qilgan.

Adliya vazirligining mazkur talablari asosida DTM loyihani qayta körib çiqişi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritişi lozim.

Kanalga ulaniş:

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek