Toşkent şahar IIBB va IIV faoliyatidagi farqlar haqida
Manba:Muhrim / Муҳрим
Tuşunişim böyiça, Toşkent şahar IIBB va Özbekiston IIV — boşqa-boşqa olam. Odamlar davlatning heç bir organidan kutmagan insoniy qiyofani Toşkent şahar IIBBda körganini aytmoqda. Qaysi jurnalistdan sörama, Toşkent şahar IIBB matbuot xizmatini maqtagan (Boş prokuraturaniki bilan birga). IIBB masʼullari (ofitserlar, katta ofitserlari ham!) jurnalistlar bilan döstona munosabatda, istalgan savolga javob berişga harakat qiladi. Xullas, Toşkent şahar IIBBga savoldan köra maqtov köp (albatta, farişta emas).
IIVdan kelganlar esa: «Puling bölsa tonirovkada yur, bölmasa — yurma», deydi (baraka topkur, tonirovka faqat oliftagarçilik uçun emas, quyoşdan saqlaniş uçun ham kerak — kirakaş jiyanlaringni terisi kuyib ketgan çap qöllarini körmaganmisan, deydigan odam yöq); «Köpçilik bir bölib, birlamçi bozordan bitta kvartira sotib olib, Toşkentdan doimiy propiskali bölişi — bu qonunçilikdagi tuynuk, uni yopiş böyiça hujjat tayyorladik», deydi uyalmay, IIVdan kelgan boşqa bir vakil (suriştirsang, tuğilgan vaqti özida ham Toşkent propiskasi bölmagan asli).
Toşkent şahar IIBBdagilar özini heç bölmasa odamgarçiligi bordek körsatişga, özini madaniyatli tutişga, 2016-yildan keyin (sal-pal bölsa-da) özgarganini bildirişga harakat qilayotgandek. IIV vakillari berayotgan baʼzan tuturiqsiz, baʼzan qöpol javoblar esa öşa 2016-yildan avvalgi, qöpol, dağal, taqiqlaşni yaxşi köradigan, köp gap qaytarsang («şunaqa aqllimisan?»), qöl kötarişdan ham toymaydigan militsionerlarni yodga solyapti. Ular, aftidan, öziga teng odamlar bilan gaplaşayotganini his qilmayapti. Odamlar ularning oldida emas, ular odamlarning oldida hisobdorligini tuşunmayapti hali ham.
Menimça.
Ha-ya, aytmoqçi — men bir sohada ikkita mana şunaqa farqli (hatto bir-biriga zidroqdek) olamlar paydo bölib qolganidan hayratda emasman. Soçiga oq tuşib ketgan pensionerlar (yoki muddatidan avval pensiya yoşiga yetib qöyganlar) kursini yoşlarga böşatmay, (20 yil avvalgidek eskiçasiga, özi bilganidek, atrofga xizmat maşinasining oynasidan qarab) işlaşda davom etaversa, şunaqa böladi özi. Adaşmasam.


