OTMlarga qabul kvotalari qaçon eʼlon qilinadi
Qabul kvotalari qaçon eʼlon qilinadi?
Kelasi haftadan, yaʼni 15-iyundan boşlab, butun respublika böylab OTMlarga qabul jarayonlari boşlanişi kerak.
Ammo şunday bölsa-da, joriy yilgi qabul kvotalari hozirça tasdiqlanmadi. Vaholanki, qaysi OTM qaysi yönalişga neçta talaba qabul qilişi aniq bölmasdan turib, qabul jarayonlari boşlanmasligini köpçilik bilmasa kerak. Yaʼni mabodo qabul kvotalari öz vaqtida tasdiqlanmasa, unda 15-iyun kelgan bölsa ham, abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi, qaror çiqqungaça kutiladi.
1998-yildan buyon tahlil qilib körsak, bunday holat 4 marta röy bergan. 2004, 2011, 2014 va 2015-yillarda qabul kvotalari keç tasdiqlangan va şu sababli qabul jarayonlari qonunçilikda belgilangan muddatlardan keçikib boşlangan.
Eng rekord darajada keç tasdiqlangan qabul kvotalari 2011-yilda kuzatilgan. Öşanda tegişli qaror Prezident tomonidan 4-iyul kuni imzolangan hamda 20-iyunda boşlanişi kerak bölgan qabul jarayonlariga 2 hafta keçikib start berilgan.
Aytgança, ötgan yili ham bitta OTM uçun qabul jarayonining keçikib boşlaniş holati kuzatildi. Aniqroği Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining qabul kvotalari qolgan OTMlarnikidan keçroq – 21-iyun kuni tasdiqlandi va uşbu OTMda qabul qonunçilikda belgilangandan 1 hafta keçikib boşlandi.
Joriy yilgi qabul kvotalari qaçon tasdiqlanişi hozirça maʼlum emas.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, 2005-yildan boşlab qabul kvotalari Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Ungaça esa Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan.
Quyida esa turli öquv yillarida qabul kvotalari qaysi sanada tasdiqlangani va bakalavriat uçun qabul kvotalarining soni haqidagi maʼlumot bilan tanişişingiz mumkin:
2018/19 öquv yili — 4-iyun (qabul kvotasi soni: 69.200)
2017/18 — 5-may (66.316);
2016/17 — 26-may (57.907);
2015/16 — 23-iyun (57.907);
2014/15 — 26-iyun (57.907);
2013/14 — 11-iyun (56.607);
2012/13 — 7-may (56.607);
2011/12 — 4-iyul (56.607);
2010/11 — 28-may (56.607);
2009/10 — 4-iyun (57.305);
2008/09 — 19-may (58.000);
2007/08 — 30-may (51.604);
2006/07 — 2-iyun (51.604);
2005/06 — 2-iyun (51.175);
2004/05 — 24-iyun (51.175);
2003/04 — 14-iyun (51.100);
2002/03 — 4-iyun (51.100);
2001/02 — 12-iyun (49.500);
2000/01 — 8-iyun (49.500);
1999/2000 — 2-iyun (43.653);
1998/99 — 25-may (42.000).
Izoh: qabul kvotalari soni qöşimça qabullar va özgarişlar evaziga körsatilgan raqamlardan köproqni taşkil qilgan bölişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
