Toşkentda Oqtepa lavaş tarmoğida ommaviy zaharlaniş yuz berdi

Matn8-iyun, 2019, 17:141 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

TOŞKENT ŞAHRIDA OMMAVIY ZAHARLANIŞ YUZASIDAN

2019-yilning 4-7-iyun kunlari Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi jami 49 nafar fuqarolar “ovqatdan toksikoinfeksiya” taşxisi bilan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar şifoxonalariga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan ötkazilgan tekşiruvda, uşbu fuqarolar şifoxonaga murojaat qilişidan avval Uçtepa tumani, Lutfiy köçasi, Sergeli tumani, Yangi Qöyliq köçasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli köçasi, 21-uyda joylaşgan “Oqtepa lavaş” (“Grand Azia Plus” MÇJ) umumovqatlaniş tarmoğining uçta şahobçalarida tez tayyorlanuvçi taomlarni (“sendviç”, “lavaş” va “pitssa”) isteʼmol qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 07.06.2019-yilda Toşkent şahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda jinoyat işi böyiça Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @uzbprokuratura

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek