Bekoboddagi boğçada bolalar zaharlanişi böyiça jinoyat işi
Bekoboddagi boğçada bolalarning zaharlanişi böyiça Boş prokuratura maʼlumot berdi
2018-yil 9-noyabr kuni Bekobod şahar tibbiyot birlaşmasiga qaraşli yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 8-sonli maktabgaça taʼlim muassasasining 8 nafar tarbiyalanuvçilari ovqatdan zaharlanişi taşxisi ehtimoli bilan yotqizilgan.
Bekobod şahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekşiruv davomida, hozirgi kunga qadar 8-sonli maktabgaça taʼlim muassasasining jami 56 nafar tarbiyalanuvçilari va 2 nafar tarbiyaçilari tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan bölib, ularga tez tibbiy yordam körsatilmoqda.
Şahar tibbiyot birlaşmasining 10.11.2018-yildagi maʼlumotnomasiga köra, murojaat qilgan şaxslarning soğligi darajasi örtaça oğirlikni taşkil etib, «ovqat toksikoinfeksiyasi» taşhisi qöyilganligi körsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan şahar prokuraturasi tomonidan sudga oid kimyoviy va bakteriologiya ekspertizalari tayinlanib, Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

