Oqqörğonda 30 dan ortiq boğça bolalari zaharlandi
⚡️ Oqqörğonda 30dan ortiq boğça bolalari zaharlangan. Hozirgaça nimalar maʼlum?
Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanidagi 5-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotining tarbiyalanuvçilari nomaʼlum mahsulotdan zaharlangan. Kasallanganlarga “botulizm” taşxisi qöyilgan.
2-avgustdan 11-avgustgaça intoksikatsiya sindromining klinik körinişlari bölgan tarbiyalanuvçilar poytaxt va Toşkent viloyatidagi turli kasalxonalarga joylaştirilgan.
7-avgust kuni zaharlangan bolalardan biri vafot etgani aytildi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Toşkent viloyati filiali şifokorlari tomonidan bemor ölimiga ikki tomonlama öçoqli pnevmoniya, yurak qon-tomir yetişmovçiligi va miya şişi taşxisi qöyildi.
13-avgust holatiga tibbiyot muassasalarida jami 21 nafar tarbiyalanuvçi davolanayotgani, ulardan 1 nafarining holati öta oğir, 1 nafari oğir, 6 nafari örta oğir va 13 nafar bemorning holati örtaça ekani aytildi (13-avgust kuni soat 16:00 holatidagi maʼlumot).
14-avgust kuni prezident topşiriğiga binoan Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev Oqqörğon tumanidagi 5-sonli boğça tarbiyalanuvçilarining kasallanişi bilan boğliq holatni joyiga borib örgandi.
Bolalar aynan qanday turdagi mahsulotdan zaharlangani hozirça maʼlum emas.
Boğça tarbiyalanuvçilarining zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

