Toşkentda 5 nafar talaba zaharlanib vafot etdi
Noxuş xabar😢
Bir yöla 5 nafar talaba-yigitlar Toşkentdagi ijara uyida nomaʼlum moddadan zaxarlanib vafot etişdi. Marhumlarning 3 nafari Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti, bir nafari Singapur va yana bir nafari Inxa universiteti talabalari bölgani aytilmoqda.
Hodisa 27-fevral kuni soat 20:50larda Yunusobod tumani, Firdavsiy MFY, Injobod köçasi, 61-uyda sodir bölgan.
Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga köra, jabrlanuvçilarning ölimi nomaʼlum moddadan ötkir zaharlaniş natijasida yuz bergan.
Uşbu holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Marhumlarning oxiratlari obod bölsin. Yaqinlariga Yaratgandan sabr tilaymiz.
👉 @xushnudbek 👈



