Özbekiston Kubogi finali va futboldagi manfaatlar

Matn9-noyabr, 2018, 18:042 daqiqa0 koʻrish

Manba:Muhrim / Муҳрим

Eski mavzu — esga tuşib qoldi.

Futbol böyiça bu yilgi Özbekiston Kubogi finalida gruziyalik trener qöl ostidagi, allambalo legionerlari bor, milliarder Alişer Usmonovning nazaridagi «Paxtakor» Olmaliqning AGMK futbol klubiga yutqazib qöydi. Ana sensatsiya! «Paxtakor» muxlislari gruziyalik trenerdan xafa, uni «fizruk» deb haqoratlagan. «Paxtakor»ni yomon köradiganlar esa «halol öyin bölgani hamon «Paxtakor» yana yutqazdi!», deb xursand bölgan...

Lekin bu, menimça, sensatsiya emas, xursand böladigan joyi ham yöq, nazarimda. Birinçidan, «Paxtakor» bu öyingaça Osiyo Çempionlar ligasi yöllanmasini naqd qilib bölgani aniq edi, AGMK esa faqat Kubok finalida ğalaba qozonsagina OÇLda öynardi. Ikkinçidan, «Paxtakor» — Alişer Usmonovga aloqador SFI Management Group’ga tegişli klub, kompaniya bu jamoani ötgan yili sotib olgan. Xuddi öşa yili şu kompaniyaga Bekoboddagi Özbekiston metallurgiya kombinati işonçli boşqaruvga topşirilgan. Bu kombinat Bekoboddagi «Metallurg» futbol klubi homiysi hisoblanadi (bu jamoa bu yil «Paxtakor» bilan tört marta öynab, umumiy 11:0 hisobida yutqazdi, ayni vaqtda «Paxtakor»ning unça-munça raqiblarining oyoğidan tortib qolgan).

SFI Management Group’ga 2018-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham işonçli boşqaruvga topşirildi (Alişer Usmonov ham özidan-özi Olmaliqdagi universitet oçilişiga kelib qolmaydi). Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa Özbekiston Kubogi finalida «Paxtakor» göyoki sensatsion tarzda yutib qöygan AGMK futbol klubining homiysi hisoblanadi (egasi desa ham böladi — klub bilan kombinat nomi bir xil-ku). Şunday qilib, kelasi yilgi Osiyo Çempionlar ligasida SFI Management Group’ga aloqador ikkita klub öynaydi.

Birining (gruziyalik) murabbiyi özgarmasa kerak. Ikkinçisiga esa, köpçilik taxmin qilayotganidek, Mirjalol Qosimov boş murabbiy etib tayinlansa kerak. Rostdan ham şunday bölsa, AGMK yana göyoki sensatsion tarzda Kubok yarim finalida Mirjalol Qosimovning hozirgi iş joyi — «Bunyodkor»ni mağlub etib qöygani bejiz emasligi oydinlaşadi. Rostda — tarqalib ketiş xavfi ostida turgan, heç kimga keragi yöq klubga OÇLda nima bor?

Endi buyoğiga köp narsalar şunaqa böladi. Şekilli.

https://t.me/joinchat/AAAAAEG2GQMHhMdalJO5IQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek