Paxtakor futbolçisi Eren Derdiyokning maoşi oçiqlandi
Manba:Muhrim / Муҳрим
«Paxtakor»ning kelib çiqişi turk, lekin şveysariyalik Derdiyok (özbekçasiga Dardiyöq) degan futbolçisi bor. Yillik maoşi 1,3 million yevro ekan. Özbekçasiga aytganda, yigit «Paxtakor»da kuniga har daqiqada 31 ming söm, har soatda 1,9 million söm, kuniga 45 million söm işlab topayotgan ekan. Kelganidan beri (bir yarim yil bölibdi) hozirgaça 19 ta gol urgan ekan. Şu 19 ta golni bir yilda urgan deb olsak ham, bitta golining bahosi 865 million söm ekan.
Özbekistondagi eng dardi yöq odamlardan kamida bittasi aniqlandi. Özbekistonda davlat byudjetidanmi, tadbirkorning çöntagidanmi, farqi yöq, bebiliska, maqsadsiz, behuda işlatilayotgan pul oqimini çeklaş lozim bölgan sohalardan birini körsatib bergani uçun «Paxtakor»ning yangi rahbariyatiga rahmat. Öz örnida, klubning yangi de-fakto xöjayini Jahongir aka Ortiqxöjayevdan futboldan boşqa dolzarb sohalarda ham mana şunaqa oçiqlik va şaffoflikni kutib qolamiz.


