Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Paxtakor-79 fojiasiga 42 yil töldi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn3 daqiqa0tahrirlangan

Manba:Xushnudbek.uz

​​Samoga soçilgan yulduzlar

«Paxtakor» fojiasiga bugun 42 yil böldi. Biz ularni heç qaçon unutmaymiz. Ular mangu barhayot. Bu voqea haqida @iqtiboslar kanalida çiqqan postni töliq havola qilmoqçiman:

«Sergey Pokatilov 1975-yilda oğir jarohat oladi. Ammo uning irodasi va qatʼiyligi orqaga çekinişga yöl qöymaydi hamda oradan uç yil ötib, 1978-yilgi çempionatning ikkinçi davrasidan boşlab asosiy tarkibdagi örnini qaytarib oladi.

Toşkentga kelmasdan oldin, şifokorlar Yuriy Zagumennixning hayotini zörğa saqlab qolişgandi. Ammo bu hayot nogironlik tamğasi ostida ötişi kerakligi qatʼiy talab qilinadi. Futbolçining aql bovar qilmas irodasi natijasida u katta futbolga qaytadi.

Vladimir Makarov Duşanbeda futbol öynay boşlagan, «Paxtakor»ga har jihatdan mos kelgandi, u jamoaviy futbolçi edi va bu jamoadoşlari bilan tezda til topişida va jamoaning ajralmas bölagi bölib qolişida muhim ahamiyat kasb etgandi.

Olim Aşirov «Paxtakor»ga 17 yoşida kelgandi va himoya markazidan joy olgandi. Himoyaçi bölişiga qaramasdan, u hujumga ham tez-tez qöşilar, bir neçta muhim gollar muallifiga aylangandi.

Nikolay Kulikov futboldagi ilk qadamlarini Moskvada qöygandi, 1974-yilda esa Özbekistonga kelib «Xon¬qa», «Yangiyer» kabi jamoalarda özini körsatdi. 1977-yilda «Paxtakor»ga taklif qilindi va jamoaning oliy ligaga qaytişida öz uluşini qöşdi.

Ravil Agişev futbolçi sifatida Buxoroda tarbiya topdi, 16 yoşida esa «Paxtakor»ning örinbosarlar tarkibida maydonga tuşa boşladi. 1978-yildan esa asosiy tarkib öyinlarida maydonga tuşa boşladi.

Şuhrat Eşbötayev 1978-yilgi örinbosarlar tarkibidagi sermahsul öyinlari orqali murabbiylar nazariga tuşgandi. Asosiy tarkibda ham yöqolib qolmadi, asosan zaxiradan maydonga tuşganiga qaramasdan, uçta gol muallifiga aylangandi.

Vladimir Sobirovni öşa paytlarda Xorazmning «Xonqa» jamoasining boş murabbiyi Sergey Dotsenko tavsiya qilgandi. «Paxtakor»¬da ham u yöqolib qolmadi, asta-sekin asosiy tarkibga kirib borayotgan edi.

Sirojiddin Bozorov balki Minskda özining asosiy tarkibdagi ilk uçraşuvini ötkazişi kerak edi.

Viktor Çurkin 1976-yilda tarkibga qöşilgan va asosiy tarkibning barqaror öyinçilaridan biriga aylandi.

Konstantin Bakanov «Paxtakor»dagi ilk öyinini 1972-yilda, 18 yoşida ötkazgandi. Isteʼdodli futbolçi, futbol maktabida uning ilk ustozi «Paxtakor»ning 60-yillardagi himoyaçisi Akmal Azizxöjayev edi.

Aleksandr Korçenov jamoaning yetakçilaridan biri, qiyin vaziyatlarda özida kuç topiş va jamoani oldinga boşlaş qobiliyatiga ega edi. U «Paxtakor» tarkibida 200ga yaqin öyinlarda maydonga tuşgan.

Mixail An butun mamlakatda tan olingan, nom qozongan futbolçi edi. U sobiq ittifoq yoşlar terma jamoasiga jalb etilgandi va jamoa sardori sifatida zafar quçgandi.

Vladimir Fyodorov «Paxtakor»da öynagan öyinçilar orasida terma jamoaga eng köp jalb qilingan futbolçi edi. Toşkentliklar 1-ligaga tuşib ketganlarida ham, Lobanovskiy uni termaga çaqirişni töxtatmagandi.

Idgay Tezitdinov futbolçilikni tugatgaç, murabbiylik sohasida işlay boşladi va nimadir uni «Paxtakor»ga doim tortardi. U jamoaga qaytdi va ikkinçi murabbiy sifatida işlay boşladi. Şuningdek, jamoa administratori Mansur Tolibjonov va vraç Vladimir Çumakovlar öşa mudhiş aviahalokat qurboniga aylangandilar.

1979-yilning 11-avgustida Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Minskga, mahalliy “Dinamo”ga qarşi öyin ötkaziş uçun ketayotganda aviahalokatga uçradilar.

Öşa kuni hamma yiğlagandi. Faqat öşa kuni yiğlaganlar ham bor muxlislar içida. Otasining yiğlaşini ilk bor körib hayron bölib qolgan bolakaylar hozir ulğaygan, sörasangiz, aytib berişadi. «Yigirma ikki tentak bir töp orqasidan yugurib yurişini» tomoşa qilayotgan erini tuşunmay, yelka qisadigan ayol öşa kuni mana şu futbol tufayli uning yiğlayotganini kördi.

Albatta, hozir buni his qiliş qiyin, rosa harakat qilib ham yiğlay olmaymiz. Şunçaki, oniy ölim bizni yaqinlarimizdan, balki yaqinlarimizni bizdan ajratişga tayyor turganini tuşunsak kifoya. Şundagina, bugunda köpgina narsalarni qadrlaşni örganarmidik».

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek