Test savollariga javob topişda mantiqiy usullar
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganTestdagi ayrim savollar va ularning javobini topiş haqida
Javobida qiynalgan savollarni mantiqiy topsa ham böladi. Masalan, bugun menga tuşgan mana bu savolni qarang:
❓2003-yili yurtimizda kimning 900-yilligi nişonlangan edi?
Aytaylik, şu savolning javobini bilmaysiz. Çunki köpçilikning yubileyi nişonlanadi, buyuk ajdodlarimiz ham köp. Agar şu yopiq test bölganda, yaʼni variantlari bölmaganda, oçiği men ham javobini bilmasdim. Lekin variantlarga qarab, bemalol topsa böladi. Bunda “istisno metodi” yordam beradi — töğri javobni emas, notöğri javobni topiş kerak.
Yuqoridagi savolga berilgan variantlarni qarang:
A) Imom al-Buxoriy
B) Abduholiq Ğijduvoniy
C) Amir Temur
D) Mirzo Uluğbek
2003-yildan 900 ni minus qilsak, 1103-yil çiqadi. Demak, biz şu yillarda tuğilgan odamni topişimiz kerak. Amir Temur qaçon tuğilganini bilmaslik uyat. Mabodo 1336-yil esdan çiqqan bölsa ham, heç bölmasa Sohibqironning 14-asrda yaşaganini har bir özbek bilişi şart. Demak, bu variantni öçiramiz.
C) Amir Temur
Mirzo Uluğbek Amir Temurning nabirasi. Demak, öz-özidan bu variant ham öçadi. Buning uçun Mirzo Uluğbek 1394-yili tuğilganini biliş ham şart emas, oddiy mantiqni işlatsa kifoya.
D) Mirzo Uluğbek
Endi bizda 2 ta variant qoldi, işimiz ança osonlaşdi. Imom al-Buxoriyning (810-870y) tuğilgan yilini ham bilmaysiz, deylik. Buxoriy kim — buyuk muhaddis, eng köp sahih, işonçli hadislarni töplagan yirik olim. Hadislarning işonçliligini tekşiriş uçun Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) bilan bir davrda yaşagan sahobalar, ularning farzandlari, nabiralaridan sörab-suriştiriş kerak böladi. Demak, hadisşunos bobomiz ham öşa davrga yaqin yaşagan bölişi kerak. Agar Buxoriy 1103-yili, yaʼni Payğambarimiz (s.a.v.) davrlaridan 500-yil ötgaç tuğilganlarida bunça köp işonçli hadis yiğa olmas edilar, balki. Mana şu mantiqdan kelib çiqib, Buxoriy varianti ham öçiriladi.
A) Imom al-Buxoriy
Şunda bizda bitta variant qoldi: Abduholiq Ğijduvoniy.
✅ Va bu töğri javob. Haqiqatdan 2003-yili Ğijduvoniyning 900-yilligi nişonlangan.
Mana şunday mantiqiy öylaş orqali ham bilmaydigan savollaringizga töğri javobni topsa böladi.
👉 @xushnudbek 👈



