Test yeçişda mantiqiy fikrlaşning ahamiyati
Testda har doim ham mantiq işlatib bölmaydi-da, deyişmoqda. Töppa-töğri, barça savollarni ham faqat mantiq bilan topib bölmaydi, umumiy faktik bilimlar ham kerak böladi. Aslida yuqoridagi savol ham heç qanaqasiga mantiqiy savol emas, u yerda aniq fakt söralyapti. Ammo uşbu faktik savolni mantiq bilan yeçsa böladi, demoqçiman. Çunki mantiqiy fikrlaşingiz yaxşi bölsa, test işlaş taktikasida sizga katta yordam beradi. Özi umuman olganda mantiqiy fikrlaş hayotda ham köp asqatadi.
Keyin ayrimlar matematikada mantiqiy fikrlaş ötmaydi, deyişibdi. Iya, hamma mantiq matematikada-ku! Matematikani yaxşi öqiganlarning mantiqiy fikrlaşi kuçli böladi, mantiqiy fikrlaşi kuçli insonlar matematikani yaxşi özlaştirişadi. Faqat formula yodlaş yoki qöşiş/ayirişni biliş bilan matematikada natija körsatiş imkonsiz.
Matematika fanidan bugun menga tuşgan bir savol esimga tuşib qoldi:
❓Faqat 0 va 3 raqamlarini işlatib neçta 3 xonali son hosil qiliş mumkin?
Mana bunga aniq mantiq kerak. Qani, siz ham şu savolning javobini topib köringçi.
P.S.: uşbu savollar majburiy blokdan olingan, şu sababli birmunça oson. Mutaxassislik blokida murakkab savollar ham bor.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


