Abituriyentlarga matematika formulalari tarqatiladi
Audio
0:00 / 1:11
Joriy yilgi testda abituriyentlarga savollarni işlaşga yordam tariqasida matematika formulalar ham tarqatiladi
#abituriyent
Bu haqda @xushnudbek kanalida bölib ötgan ovozli çatda DTM direktorining örinbosari Sardor Rajabov maʼlum qildi.
Uning xabar berişiça, joriy yilda ilk marta abituriyentlarga savollar kitobi bilan birga eng asosiy matematik formulalar ham tarqatiladi. Yaʼni endi bu kabi formulalarni şpargalka qilib yoki yaşirinça olib kiriş şart bölmaydi. Abituriyentlar tarqatilgan formulalardan bemalol foydalanib, test savollariga javob topişlari mumkin böladi.
❗️Formulalar matematika fani mutaxassislik blokiga kiritilgan barça yönalişlar uçun beriladi. Birinçi yoki ikkinçi fan ekanligining farqi yöq. Mutaxassislik blokida matematika fani yöq bölgan yönalişlarda majburiy blokdagi matematika uçun formulalar berilmaydi. Çunki majburiy blokdagi matematika faniga formula şartmas, savollar şundoq ham elementar darajada oson böladi.
Maʼlumot uçun: avvalgi yillarda kimyo fanidan topşirayotganlarga Mendeleyev davriy jadvali, fizikadan topşirayotganlarga esa fizik kattaliklar röyxatini tarqatiş yölga qöyilgandi.
👉 @xushnudbek 👈



