Matematik savolning töğri javobi va yeçimi
Savolning töğri javobini ayting, deyişibdi. Töğri javobni özim ham bilmayman. Ammo men 4 ta degan variantni belgiladim.
300;
303;
330;
333.
Yuqoridagi post izohlarida matematik döstlarimiz buni kombinatorika orqali topsa bölişini ham yozişibdi. Bu haqida bilmasdim, lekin hisoblaş usuli haqiqatdan mantiqiy ekan. Şunday izohlardan birini keltiraman:
4 ta bo'ladi. Kambinatorika bu. 3 xonali son hosil qilish uchun 0 va 3 bor. 1-xonaga faqat 3 qo'yiladi. Chunki 3 xonali son 0 dan boshlanmaydi. 2-xonaga 0 va 3 qo'yish mumkin. 3- xonaga ham shunday. Endi barcha xonalar uchun imkoniyatlar ko'paytiriladi. 1*2*2=4
Xullas, şunaqa gaplar. Demak, kombinatorikani bilmasam ham, töğri topibman :)
P.S.: savollarni tarqatyapsizku, deyişibdi. Ha, buni köp öyladim, tuşgan savollardan namunalarni aytaymi yoki yöqmi, deb. Lekin DTM bitta smenada tuşgan savollar boşqa kun va boşqa smenada tuşmasligini aytgandi. Öşançun eʼlon qilaverdim. Agar boşqa kuni ham savollar qaytariladi, deyişganda, oşkor qilmasdim, albatta.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 5

