Fuqaro Toşkent propiskasi masalasida sudda yutib çiqdi
Yana bir fuqaro propiska masalasida sudda yutib çiqdi
Kun.uz naşri yana bir fuqaro propiska masalasida sudda yutib çiqqani haqida xabar bermoqda.
Xabarda aytilişiça, fuqaro Ş.J.ning otasi va onasi birgalikda mart oyida umumiy mulk huquqi asosida Toşkent şahridan yangi kvartiralardan birini xarid qilişadi va 1-band bilan doimiy propiska qilinadi.
Biroq, «pasport stol» Ş.J.ni farzand sifatida ota-onasi orqali 2-band bilan propiskaga qöyişni rad qilgan. Bunga sabab sifatida uning oilasi borligini körsatişgan.
Fuqaro öz huquqlarini talab qilib, sudga bergan va oxir-oqibat unda yutib çiqqan.
Aslida bu voqeaning tarixi uzun. Imkon qadar xronologik tartibda tuşuntirişga harakat qilaman.
Voqea tarixi
13-mart. Yodingizda bölsa, 1-band bilan propiskaga kirganlar oilasi bor farzandlarini ham propiska qila olişi haqida huquqiy maslahat yozgan edim.
https://t.me/xushnudbek/1910
14-aprel. Şundan söng, bir muştariy xat yuborib, “pasport stol” yozma xat bilan rasman propiskaga qöyişni rad qilganini bildirdi. Bu haqida ham kanalimda batafsil huquqiy izoh qoldirdim va albatta öşa muştariyga bu qaror ustidan maʼmuriy sudga şikoyat qiliş uçun yordam berişimni aytgandim.
https://t.me/xushnudbek/2093
17-aprel. Toşkent şahar IIBB rasmiy sayti orqali men yozgan holatga izoh berib, propiska qonuniy asosda rad qilingani, çunki IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasining 2017-yil 14-dekabrdagi 22/25297-sonli Körsatmasida oilasi bor farzandlarni 2-band bilan propiskaga kiritmaslik kerakligi bayon qilinganini aytişdi.
https://t.me/xushnudbek/2110
18-aprel. Toşkent şahar IIBBning uşbu rasmiy bayonotiga kanalim orqali öz munosabatimni bildirib, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi qonunga xilof hamda xalqning ahvolini yanada oğirlaştiradigan, fuqarolarga qiyinçilik tuğdiradigan körsatma berganini taʼkidladim. Va postim oxirida şu masala böyiça muammoga uçragan insonlar allaqaçon sudga ariza topşirib qöygani, voqealar rivoji nima bölişini kutişimizni aytgandim.
https://t.me/xushnudbek/2111
29-may. Yaşnobod tuman maʼmuriy sudining hal qiluv qarori bilan fuqaroning buzilayotgan huquqlari tiklandi. “Pasport stol” fuqaroga noqonuniy rad javobi bergani, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasining körsatmasi esa heç qanday huquqiy hujjat hisoblanmasligi hamda qonunçilikka muvofiq kelmasligi rasman tasdiqlandi!
Sud qaroriga binoan, “pasport stol” zimmasiga oilasi borligi uçun propiska rad qilingan fuqaroni 2-band bilan Toşkent propiskasiga kiritiş majburiyati yuklandi.
Yaşasin, odil sud!!! IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasiga esa – uyat, uyat!!!
Unutmang, haq olinur, berilmas! Haqqini bilgan köçada qolmaydi!
P.S.: bundan avval birgalikda uy sotib olgan bir neça fuqarolar propiska masalasida sudda yutib çiqqani haqida xabar berilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
