Abituriyentlar uçun onlayn qabul xizmati nega işlamayapti
Onlayn qabul xizmati qaçon işga tuşadi?
#abituriyent
Joriy yilgi qabul jarayonlarida abituriyentlardan my.gov.uz portali orqali hujjat qabul qiliş yölga qöyilişi haqida köp va xöb gapirilgandi.
Özim ham bir neça bor bu özgarişni maqtab, endi xorijdagi yoşlarimiz hujjat topşiriş uçun Özbekistonga kelişi şart emasligi, bu ularga yana bir imkoniyatligini yozgandim.
Ammo oxirgi daqiqalarga borib vaziyat biroz özgardi. Eng avvalo barça OTMga hujjat topşiriş mumkin, deyilgan joyida faqat 5 ta OTMga deyişdi. Xöp, dedik.
Lekin qabul jarayonlari boşlanganiga 18 kun ötganiga qaramasdan öşa 5 ta OTMga ham onlayn hujjat topşiriş xizmati işga tuşmadi. Bunga sabab nima? Qabul tugaşiga 2-3 kun qolganda xöjakörsinga bu xizmatni işga tuşirib, nomiga bormi-bor demoqçimizmi?
Vaholanki, biz havodan olib sörayotganimiz yöq. Vazirlar Mahkamasining 07.06.2019-yildagi 468-sonli qarorida abituriyentlar hujjatlarini Yagona portal orqali ham topşirişi belgilab qöyilgan edi.
Nega Hukumat qarorining ijrosi bajarilmayapti? Ajoyib savol-a? Bu savolni beraverib, beraverib, siyqasi çiqib ketyapti, rosti.
Özi şu 468-qaror juda bir ajoyib qaror bölib çiqdi. Heç qanday muhokamaga qöyilmasdan, imi-jimida qabul qilingani yetmaganday, hali 1 oy ham ötmay turib, Hukumat qarorining naq 4 ta bandi işlamayapti. Keling, sanaymiz:
1) Qarorda onlayn qabul böladi, deyilgandi, haligaça bölmayapti;
2) Qarorda abituriyentlar hujjatni qaysi DXMga topşirgan bölsa, öşa hududda, agar onlayn topşirsa, doimiy propiskasi bor hududda testga kiradi, deb yozilgandi, lekin amaliyotda testga kiriş hududini erkin tanlaş mumkin;
3) Qarorda hujjat topşirganlik uçun 101 ming söm davlat xizmati uçun haq olinadi deb yozilgandi, lekin oğzaki buyruq bilan amaliyotda pul olinmayapti (tanqidlarimizdan foyda bergandir balki);
4) JIDUning dastlabki imtihoni iyun oyida ötkazilsin, degan öta mantiqsiz va boşqa qarorlarga zid qoida kiritilgandi, bu ham amalga oşmadi. Aniqroği amalga oşirişmoqçi edi, ammo tanqidlarimizdan keyin noiloj vaziyatni özgartirişdi.
Birgina holat bizga biroz taskin beradi, yaʼni yuqoridagilarning uçtasi (1-banddan taşqari) abituriyentlar foydasiga işlamoqda. Yaʼni qarorlardagi bandlar abituriyentlar foydasi uçun bajarilmayapti. Ammo bizni öylantiradigan boşqa joyi, nima uçun bitta qarorda bunça köp ziddiyatlar va kamçiliklar mavjud? Loyiha mualliflari va ekspertizadan ötkazganlar, nahotki bunga eʼtibor qilişmagan bölsa? Mayli, bunisi boşqa masala.
Asosiy savol: onlayn hujjat topşiriş qaçon işga tuşadi, akalar?
👉 @xushnudbek 👈
