IIV Toşkentda propiskaga ötişdagi muammolarni maʼlum qildi
Manba:Rasmiy axborot
IIV boşqarma boşliği: “Toşkent şahriga propiskaga ötvoliş “lazeyka” böpqoldi”
Avval xabar berilganidek, bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Içki işlar vazirligi mutasaddilari iştirokida intervyu va jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
Unda fuqarolarning köpçilik bölib, birlamçi bozordan uy sotib olayotgani, şu tariqa Toşkent şahrida propiskaga ega bölayotgani haqida va bu holatni qanday baholaş mumkinligi haqida savol berildi.
“Sodda tilda tuşuntiradigan bölsak: viloyatlardan törtta yoki uçta fuqaro özaro kelişib, Toşkent şahrida bir xonali kvartira olib, şu tört kişi öşa kvartiraga propiskadan ötişmoqçi. Ötişdi ham, — IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi boşliği Badriddin Şorixsiyev. — Köp bahsli holatlar aynan propiskadan ötiş jarayonida yuzaga kelmoqda. Toşkent şahriga propiskaga ötvoliş, qöpol qilib aytganda, “lazeyka” böpqoldi. Lekin, şunga qaramasdan, köpçilik fuqarolar sudga murojaat qilişyapti. Sud qaror çiqargandan keyin bizning xodimlar fuqarolarni propiska qilyapti. Hozir sud yordamida köp muammolar hal bölyapti, sud orqali propiskaga ötişyapti. Bu masalani yuqori taşkilotlarga maʼlumot tariqasida kiritdik, bu borada bizga aniq yönaliş berişlarini iltimos qildik”.
Maʼlumot uçun: Toşkent şahri 11 ta tumandan iborat bölib, uning umumiy maydoni 320 kvadrat kilometrni taşkil etadi.


