Toşkentda propiskasiz fuqarolar uy sotib olişi köpaydi
Toşkent şahrida taxminan 9 ming propiskasiz fuqarolar ikkilamçi bozordan uy sotib olişdi
2020-yil 1-apreldan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida propiskasi bölmagan fuqarolar ham köçmas mulk sotib oliş imkoniyatiga ega bölgan edi.
Ötgan 70 kunda Toşkent şahridan 12 799 ta, Toşkent viloyatidan esa 2 052 ta uy-joy oldi-sotdi bitimlari notarial idoralarda rasmiylaştirilgan.
Şundan 70 foizi aynan, propiskasi boşqa hududlarda bölgan fuqarolar iştirokidagi bitimlarga töğri keladi.
Adliya vazirligi matbuot xizmatining taʼkidlaşiça, 20 yildan ortiq amalda bölgan, Toşkentdan uy sotib olişdagi tösiqlarning olib taşlanişi fuqarolarning uy-joyga ega bölişida yuzaga kelgan turli muammolarini ham barham topişiga xizmat qildi.
«Xususan, köplab fuqarolar uyni Toşkentda propiskasi bölgan tanişi nomiga rasmiylaştirib, keyin “öz uyida ijaraçi” bölib yaşaşga majbur bölganligi ham sir emas. Farmon qabul qilinişi bilan yaratilgan imkoniyatdan birinçi navbatda şunday fuqarolar foydalanib, uylarini öz nomiga rasmiylaştirişdi», - deyiladi Adliya xabarida.
👉 @xushnudbek 👈

