Ikkilamçi bozorda uy sotib oliş va propiska tartibi

Matn11-fevral, 2020, 17:281 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ikkilamçi bozor nima?

Köpçilik şu haqida söramoqda. Aynan propiska masalasida oladigan bölsak, ikkilamçi bozor, bu - qurilganiga 3 yildan oşgan uylar degani. Yaʼni jaydari tilda aytganda eski uylar.

Hozirgi qonunçilik böyiça Toşkentdan propiskasiz ham uy sotib oliş mumkin, faqat öşa uy qurilganiga hali 3 yil tölmagan yangi uylar (novostroyka) bölişi kerak. Agar uyning qurilganiga 3 yildan oşib ketgan bölsa, unda propiskasiz sotib oliş mumkin emas.

Taklif etilayotgan loyiha agar amalga kirsa, unda doimiy propiskasi istalgan hududda bölgan fuqarolar Toşkentdan xohlagan uyini sotib olişi mumkin böladi.

Bu yangilik ayniqsa propiskasi yöqligi tufayli özini puliga sotib olgan uyini birovning nomiga (qarindoşi, dösti, tanişi) rasmiylaştirgan va özini uyida özi rasman ijrada turgan minglab fuqarolar uçun ayni muddao bölar edi. Ular vanihoyat öz uylarini özini nomiga qayta rasmiylaştirib, odamga öxşab, xotirjam uxlaşi mumkin böladi.

Mana şunisi bilan ham uşbu yangilik quvonarli.

P.S.: uşbu yangilikdan söng, maʼlum muddat ikkilamçi bozorda uylar narxi oşişi mumkin, ammo bu köpga çözilmaydi, yana narxlar stabillaşadi, demoqda mutaxassislar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek