Propiska tizimini isloh qiliş haqida mulohazalar
Quvonişga hali erta
Propiskaga tiş-tirnoğim bilan qarşi bölgan inson sifatida Prezident Farmoni loyihasida propiskaga oid bandlar borligidan juda va juda xursandman, albatta.
Garçi pessimist bölmasam-da, ammo uşbu yangilikdan hali quvonişga erta ekanligini barçaga eslatib qöymoqçiman xolos.
Sababi birinçidan bu hali loyiha.
Ikkinçidan, uşbu loyiha tasdiqlanib, Prezident uşbu Farmonga imzo qöygani bilan, hali u ijro etiladi, degani emas. Fikrimni isbotlaş uçun yaqin ötmişdan aniq misol aytaman.
Harakatlar strategiyasi doirasida 2018-yil 22-yanvar kuni PF-5308-sonli Prezident farmoni bilan 2018-yilgi davlat dasturi qabul qilingan edi. Öşa davlat dasturining 56-bandida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini taʼminlaş maqsadida ikkilamçi bozordan ham propiskasiz uy sotib olişga ruxsat berilsin, degan band bor edi. Garçi uşbu Farmon Prezident tomonidan imzolangan bölsa-da, ammo yakunda davlat dasturining uşbu bandi bajarilmadi. Mana oradan 2 yil ötgan bölsa ham, ikkilamçi bozordan propiskasiz uy sotib olişga ruxsat berilmadi.
2020-yilgi dasturga yana şunga oid bandni qöşiş taklif etilmoqda.
Ammo men 2018-yildan farqli ölaroq, bu safar uşbu band bajarilişiga çin dildan işonaman. Sababi Prezident öz nutqida propiskani oçiq tanqid qildi. Ötgan safar bunaqa nutq bölmagandi. Bizda şunaqa-ku, pastdagi ijroçilar Prezident gaplariga qarab, nimani birlamçi örinda ijro qiliş kerakligiga möljal olişadi.
Yaxşiyam Prezident propiskani tanqid qilgani, yöqsa yana yillar davomida bu laʼnati tizim amalda bölib turarmidi kim bilsin...
👉 @xushnudbek 👈
