Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Propiska tizimini isloh qiliş böyiça Prezident Farmoni

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Propiskaga oid Prezident Farmonida nimalar közda tutilmoqda?

Eng asosiysi ruxsat beriş xususiyatiga ega bölgan doimiy propiska qiliş tizimidan bosqiçma-bosqiç xabar beriş xususiyatidagi röyxatdan ötkaziş tizimiga ötiladi. Xabar beriş xususiyati nima degani? Yaʼni aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bölgani kabi şunçaki fuqaro qayerda yaşayotganini onlayn xabar qilib qöyadi, tamom. Davlat organidan maxsus ruxsat söraş, bir dunyo hujjat yiğiş şart bölmaydi.

Birinçi bosqiçda quyidagilar amalga oşiriladi:

👉 «propiska» tuşunçasi bekor bölib, örniga «röyxatga oliş» tuşunçasi kiritiladi;

👉 propiskasiz ham ikkilamçi bozordan uy sotib olişga ruxsat beriladi;

👉 propiskasiz fuqarolar mulk olganda tölaydigan öta qimmat davlat bojlari stavkasi bekor qilinadi;

👉 er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yaşaş şarti va bir yil içida nikoh bekor qilinganda propiska yöqotilişi haqidagi qoidalar çiqarib taşlanadi;

👉 iş joyidan doimiy röyxatga olinganlar işdan ketgandan keyin ham propiskasini yöqotmaydigan böladi;

👉 Toşkentda joylaşgan davlat taşkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini yuritayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat körsatuvçi va işlab çiqariş xodimlaridan taşqari) mazkur hududlarda doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinadigan böladi;

👉 ilgari Toşkent şahri va viloyatida doimiy röyxatga ega bölgan fuqarolar qaytib kelganda, ular uşbu hududlarda heç qanday qöşimça şartlarsiz qayta doimiy röyxatga olinişi mumkin böladi;

👉 oilaga tarbiyaga olingan (patronat) şaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga turiş imkoniyatiga ega böladi;

👉 birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlarni nafaqat özi doimiy röyxatda bölgan manzilga, balki egaligidagi boşqa uy-joyga ham doimiy röyxatga qöyiş huquqi beriladi;

👉 1-sentabrdan boşlab Toşkentda doimiy va vaqtinça röyxatdan ötmasdan yaşaş muddati 10 kundan 15 kunga özgartiriladi;

👉 pasport, uy daftari yoki xonadon kartoçkasiga propiska uçun ştamp bosiş amaliyotidan voz keçiladi va bu raqamlaştiriladi;

👉 doimiy röyxatga olişni rasmiylaştirişda avvalgi yaşaş joyidan mustaqil röyxatdan çiqiş tartibi hamda harbiy xizmatga majburlarning doimiy röyxatga turişdan oldin va keyin harbiy hisob uçun mudofaa bölimlariga boriş tartibi bekor qilinadi.

👉 soliq idoralarida hisobga olingan ijara şartnomasi taqdim etilganda vaqtinça röyxatga olinişda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi;

👉 röyxatga oliş tartibini buzganlik Özbekiston fuqarolarini tegişli hudud va manzildan çiqarib yuboriş uçun asos bölib hisoblanmaydi.

Şuningdek, Farmonning asosiy qismi idoralararo elektron tizimlarni işlab çiqiş böyiça topşiriqlarga bağişlangan. Bu kelgusida röyxatdan ötiş tizimi töliqligiça onlayn formatda amalga oşirilişidan dalolat.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek