Propiskasiz şaxslar uçun uyni rasmiylaştiriş tartibi
Propiskasiz şaxslar tezroq uyini nomiga ötkazib olişi kerakmi?
Keça yaqin yillarda propiska yana qayta yopilmasligi, şu sababli bu haqdagi miş-mişlar yolğonligi haqida yozgan edim.
Endi odamlar orasida boşqa gap yuribdi ekan, yaʼni 1-iyulgaça propiskasiz fuqarolar öz uylarini nomlariga ötkazib olişmasa, 15% qöşimça soliq tölaşarmiş. Bu haqda TVda roliklar ham berilyapti, deyişmoqda.
Bu miş-miş ham notöğri. Ammo şunga yaqin boşqa gap bor, odamlar şuning uçun adaşmoqda.
Avvalroq ham xabar berilgan edi, “Özşahar quriliş invest” IK MÇJ 2017-2019-yillar dasturlarida qurilgan uy-joylar böyiça 2020-yil 1-iyulga qadar qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinişi belgilangan. 1-iyuldan boşlab “Özşahar quriliş invest” ham QQS tölaşni boşlaydi va uy narxlari 15%ga oşadi.
Ammo bu yerda gap faqat 2017-2019-yillarda DAVLAT DASTURI ASOSIDA qurilgan uylar haqida ketmoqda. Yaʼni kam taʼminlanganlar uçun, yoşlar uçun, turli soha vakillari uçun (öqituvçilar, adiblar, olimlar va h.k.), şuningdek qişloq joylarida DAVLAT tomonidan qurilgan YANGI uylar nazarda tutilgan.
❗️Ikkilamçi bozordagi uylar yoki xususiy kompaniyalar tomonidan qurilgan uylarga 15% narx oşişining sira aloqasi yöq.
Avval aytilganidek, 2017-2019-yillardagi davlat dasturi asosida qurilgan uylarning egalari 1-iyulga qadar tezroq uylarni öz nomlariga ötkazib olişlari kerak. Yöqsa, yana qöşimça tölov qilişga töğri keladi.
👉 @xushnudbek 👈
