Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toshkentda uy-joy rasmiylashtirishdagi cheklovlar bekor qilindi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzБугун Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 28 ёшга тўлди. Бутун қонунчилиги ҳам қоғозда, ҳам амалда Конституциясига мос бўлган жамиятлар албатта ривожланади.…

Yuqoridagi rolikka qöşimça

Şavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan yölllagan bayram tabrigidan parça:

“Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulk sotib oliş bilan boğliq çeklovlar bekor qilingani tufayli 40 mingdan ortiq fuqaro poytaxt mintaqasida sotib olgan uy-joylarini öz nomiga rasmiylaştiriş imkoniga ega böldi”.

Öşa kuni bir intervyuda masʼullardan biri şu kabi raqamlarni izohlay turib, “köryapsizmi, şu raqamlar ham uşbu özgariş xalqqa qay darajada foyda bölganini körsatyapti” degandi.

Men esa buni sal boşqaçaroq taʼrifladim, yaʼni “köryapsizmi, uşbu katta raqamlar uzoq yillar davomida xalq qay darajada qiynalganini körsatyapti” deya.

Aslida ikkimizning gapimiz ham yolğon emasdi, şunçaki tanganing boşqa-boşqa tomonlariga nazar taşladik xolos.

Konstitutsiyaga zid qonunlar, muayyan guruhlarning lobbisi va ayrim rahbarlarning qörquvi sabab beçora xalq köp yillar davomida öz uyida ijaraçi bölib yaşaşga, “propiskang yöq” deya xörlanişga, öz vatanida erkin yura olmay, içki işlar organlariga xuddi terroristdek tutib ketişlariga sabab bölgan. Yuqoridagi kabi raqamlar yutuq emas, aslida bizning fojiamiz kölamini isbotlovçi raqamlardir.

Xayriyatki, uzoq çözilgan bölsa-da, nihoyat vaziyat özgardi. Xatolar tan olinib, töğrilandi. Ön minglab insonlar taşvişlaridan qutildi.

Bu kabi xatolar oxirgisi emas lekin, özgartirilişi kerak bölgan qoidalar, bekor qilinişi lozim bölgan mantiqsiz çeklovlaru taqiqlar hali yana bor. Ular ham tez orada ijobiy yeçim topilişini niyat qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek