Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi yolğon maʼlumotni tan oldi

Matn7-dekabr, 2020, 21:332 daqiqa0 koʻrish

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi matbuot anjumanida notöğri maʼlumot aytilganini tan oldi

Qömita yuqoridagi masala böyiça öz saytida rasmiy munosabat bildirdi. Unda aytilişiça, amaldagi qonun hujjatlariga asosan Qömitaga berilgan vakolatlaridan kelib çiqib xuquqbuzilişlar alomatlarini örganiş va tekşirişda Biznes-ombudsmandan rozilik oliş talab etilmaydi va Qömita tomonidan uşbu organni faqatgina xabardor qilgan holda mustaqil tekşirişlar amalga oşiriladi.

1-xulosa: demak, Qömita bemalol özi tekşirişga vakolati bölsa ham, lekin qandaydir xatni bahona qilib tekşirişlar ötkazmagan.

«MSKT xizmatlari narxlari oşişi holatini har tomonlama örganiş maqsadida Qömita tomonidan qöşimça ravişda Biznes-ombudsmanning fikrini olişga qaror qabul qilingan va öz navbatida Biznes-ombudsman tomonidan tekşirişga yetarli asos bölmaganligi sababli tekşiruvni ötkaziş maqsadaga muvofiq emasligi bildirilgan. Bu esa MSKT xizmatlari bilan şuğullanuvçi korxonalarning Qömita tomonidan tekşirilişiga taqiq qöyiş hisoblanmaydi», - deyiladi bayonotda.

2-xulosa: demak, Biznes-ombudsman tekşirişga ruxsat bermadi, deb aytilgan gaplar notöğri.

«Şu bilan birga, darhaqiqat Qömita tomonidan Biznes-ombudsmanga MSKT xizmatlari narxlari oşişi holati böyiça töliq tahliliy maʼlumot taqdim etilmagan», - deyiladi bayonot davomida.

3-xulosa: demak, özlari yetarli maʼlumot bermagan holda, minbardan turib özgalarga toş otişgan.

«Yuqoridagilarni inobatga olib, Qömita tomonidan MSKT xizmatlari narxlari oşişi holatini sörovlar orqali örganiş işlari davom etayotganligi va zarur bölgan hollarda örnatilgan tartibda korxonalarda tekşirişlar ötkazilişi maʼlum qilinadi», - deyiladi bayonot sönggida.

4-xulosa örnida savol: Qömitaning niyati şunaqa yaxşi ekan, bölib ham barça vakolat özida bor ekan, unda nega şunça paytgaça bu masala örganilmadi? Pandemiya özining eng avj nuqtasiga çiqib, xalq çirqillab kasalxonalarga yopişgan, MSKTga turnaqator navbatlar bölib ketgan, narxlari sunʼiy kötarilib ketgan MSKT uçun odamlar qarz-havola qilib bölsa ham bir amallab pul topib yurgan paytlari Qömita qayerda edi? Poyezd ketib bölgandan keyin (ilohim, ketgani rost bölsin) narxni örganib, uni ana boringki pasaytirişdan qançalik naf bor?

Xöp, ertami-keçmi örganilayotgan ekan, tuşundik. Lekin matbuot anjumanida Qömitaning katta lavozimdagi rahbari nega yolğon gapiradi? Özi imzolagan xat esidan çiqib qoldimi yoki jamoatçilik köziga ajdarho bilan kuraşda qahramonlarça halok bölgan botir jangçi bölib körinmoqçi böldimi?

Tavba, birorta gapga işonib bölmay qoldiyey... Nega unaqa? Masʼul rahbarlar matbuot anjumanlarida bilmagan narsasini tinçgina bilmayman desa bölmaydimi, odamlarni aldamay.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek