Biznes-ombudsman Antimonopoliya qömitasining ayblovlarini rad etdi

Matn7-dekabr, 2020, 21:012 daqiqa0 koʻrish

​Raddiya: «Biznes-Ombudsmanni bahona qilişmoqda»

Bugungi brifingda Antimonopoliya qömitasi raisining birinçi örinbosari Bobir Karimov MSKT narxining sunʼiy oşib ketganini tekşirmoqçi bölişganida Biznes-Ombudsman buni tekşirib ham ötirmay rad qilgani haqida aytgandi.

Biznes-Ombudsman vakili bunga raddiya berib, Bobir Karimov brifingda notöğri maʼlumotlar aytganini taʼkidlamoqda.

Biznes-Ombudsman vakilining aytişiça, eng avvalo Antimonopoliya qömitasi öz xatida tekşiriş uçun ruxsat söramagan, balki xulosa söragan. Xulosa söraş, ruxsat söraş emas.

Ikkinçidan, va menimça eng asosiysi, qonunçilikka köra, Antimonopoliya qömitasi öz vakolati doirasidagi tekşiruvlarga ruxsat söraşi şart emas, şunçaki xabardor qilsa böldi ekan. Şunday vakolati böla turib, boşqa tekşiruvlarni amalga oşirişdan oldin biror marta ruxsat yoki xulosa söramagan organ nimaga birdan bu safar xulosa sörab qolgani nomaʼlum, deyiladi raddiyada.

Uçinçidan, qömita faqat 18ta (bozorning 10%i) xususiy klinika narxlarini örgangan. «Raqobat töğrisida»gi qonunda esa, bozor iştirokçilarining 35%idan oşiğida şu holat kuzatilsa, qonunga xilof böladi. Biznes-Ombudsman 18ta klinika narxini deb, 200ga yaqin subyektni tekşiriş maqsadga muvofiq emas, degan xulosa bergan.

Törtinçidan, Qömitani rostdan tekşiriş niyati bölsa, unda nega davlat klinikalarini tekşirmadi, deb hayron bölmoqda Biznes-Ombudsman vakili. Axir bunga na ruxsat söraş, na xabardor qiliş şart edi. Boz ustiga MSKT 75ta xususiy, 100dan ortiq davlat klinikalarida bor, yaʼni bozorda davlatning uluşi katta. Lekin qömita davlat klinikalaridagi narxni tekşirmagan. Biznes-Ombudsman vakili bu jihatga izoh berar ekan, «döppi tor kelganda Biznes-ombudsman bahona bölişi uçun ham birdaniga xulosa oliş xayollariga kelib qolgandir», deydi.

Antimonopoliya qömitasidan mazkur vaziyat böyiça izoh kutib qolamiz. Ayniqsa, Biznes-Ombudsman vakili aytganidek, nima uçun qonunçilikda tekşirişga vakolati böla turib, xususiy klinikalarni tekşirişmagani, şunça paytda söralmagan xulosa ayni şu vaziyatda söralganiga tuşuntiriş berişsa yaxşi bölardi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek