Uzdigital kompaniyasining çalğituvçi reklamasi uçun raddiya

Matn12-aprel, 2022, 15:022 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Raddiya (aksilreklama): çalğituvçi reklama uçun muştariylardan uzr sörayman

Kanalda çiqadigan barça reklamalarni jiddiy nazorat qilişga harakat qilamiz. Har bir söz uçun qattiq talab qöyiladi. Qançadan qança reklamalarni rad etamiz. Maqsadimiz obunaçilarga faqat sifatli va foydali reklamalarni çiqariş. Ammo baʼzan biz ham xatoga yöl qöyamiz, afsuski.

Keça kanalimiz orqali reklama menejerlari tomonidan Uzdigital kompaniyasining bir reklamasi çiqarilgandi. Unda quyidagi gaplar bor edi:

Mohi Ramazon şarafiga UZDIGITAL TV «QULAY IMKONIYAT» aksiyasini eʼlon qiladi.

😍 Endi Telecard narxi 380 000 söm emas, balki 40 000 sömdan!

🤩Raqamli qabul qiluvçining narxi endi 620 000 söm emas, 63 500 sömdan!

❗️Ammo bu gaplar çalğituvçi gaplar ekan va menimça, bu insofsiz reklama hisoblanadi. Aslida bu yerda karta yoki tyuner narxi heç qanaqangi 40 ming yoki 63 ming söm emas ekan. Karta va tyuning narxi 11 oyga bölib tölanişi kerak ekan. Şunda karta yoki tyuner narxi hozirgidan ham qimmatga aylanib ketarkan.

Hozirgina şaxsan özim kompaniya koll-markaziga telefon qilib aniqlaştirdim. Masalan, Telecard uçun 11 oy davomida 36 ming sömdan tölaysiz, şunda 396 ming söm böladi. Vaholanki, karta narxi aslida 380 ming söm. Reklama matnida aytilgan 40 ming söm esa, şunçaki ulaniş narxi xolos.

Uşbu aksiyada 620 ming sömlik tyuner 698 ming sömga aylanadi. Yaʼni salkam 80 ming söm qimmatlaşadi.

Xöp, baraka topgur, bunaqa aksiya qilar ekansan, isteʼmolçilarni çalğitmasdan yoki söz öyini qilmasdan, «11 oyga bölib tölaşga» (rassroçka) deb oçiğini aytsang bölmaydimi?

Yana Ramazon oyini qöşişganini aytmaysizmi?

Albatta, bu yerda bizning ham aybimiz bor, biroz eʼtiborsizlik qilib, oxirigaça tekşirmasdan maʼlumotni taqdim etibmiz. Buning uçun yana bir bor hamma obunaçilarimizdan uzr sörayman, bunaqa holat bölganiga afsusdaman. Kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligiga maksimal harakat qilamiz.

Uzdigital kompaniyasiga kelsak, ularning xizmatidan foydalaniş yoki foydalanmaslikni özingiz hal qiling. Şaxsan men bunaqa reklama beradiganlarga işonmayman. Keçagi reklama esa kanaldan öçirildi.

P.S.: uşbu raddiya (aksilreklama) «Reklama töğrisida»gi qonunning 28-moddasiga köra çiqarildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2125
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek