Buzilayotgan reklama konstruksiyasi Spark ustiga tuşdi

Albom9-iyun, 2021, 11:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Ğofur Ğulom» boği oldida sud qarorisiz buzilayotgan reklama konstruksiyasi yölda harakatlanayotgan “Spark” ustiga tuşdi.

Haydovçining sözlariga köra, masʼullar yiqitilgan konstruksiya tufayli avtomobilga yetkazilgan zarar ikki örtada, 50/50 tarzida qoplanişini aytgan. «Biz ham buyruqni bajaryapmiz, pulini tölab berolmaymiz», deyişgan.

Haydovçi bunga rozi emasligini aytib, yöl harakati xavfsizligi xodimini çaqirgan. Uning aytişiça, YHX xodimi ham hokimlik vakilining gaplarini quvvatlab, bu «bahsli vaziyat» ekanini bildirgan va avtomobilni jarima maydoniga olib borib qöygan.

Oxir-oqibat “Spark”ning özi aybdor bölib çiqmasa böldi, işqilib.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek