Kollej hisobçisi 4 mlrd sömni qimorga tikib yubordi
Jinoyatga yetaklayotgan qimor: kollej hisobçisi 4 mlrd sömni qimorga tikib yuborgan
Farğona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji boş hisobçisi 2019-2021-yillar davomida öziga asossiz ravişda jami 4 mlrd söm iş haqi va ustama yozib olgan.
Şuningdek, kollej öqituvçilari nomiga bank plastik kartalari oçib, ularga 310 mln söm budjet mablağlarini karta egalariga bildirmasdan öziga ötkazib olgan.
Boş hisobçi talon-taroj qilgan jami 4,3 mlrd söm mablağlarni internet tarmoği orqali öynaladigan qimor öyinlariga tikib, sarf qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan boş hisobçi va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi qamoqqa olingan.
Qimorning har qanday turi yomon — unga öralaşib qolganni yo qamoqqa, yo görga yetaklaydi. Qimordan kimdir boy bölib ketgani haqidagi gaplarning barçasi afsona, bu vaqtinçalik tasavvur. Ertaga baribir hammani xonavayron qiladi bu.
Vaqt borida közingizni oçing, yaxşilar!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1260

