Pensionerlar uçun bankomatdan naqdlaştiriş xizmat haqi
0:00 / 4:22
❓Banklar 1-maydan boşlab pensionerlarga ham bankomatdan pul naqdlaştiriş uçun xizmat haqi joriy qilişi mumkinmi?
Xabaringiz bölsa kerak, Prezidentning tegişli qarori bilan 2022-yil 1-maydan boşlab pensiya va nafaqalarni bank kartalari orqali oluvçilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qöşimça tölov joriy qilinadi. Yaʼni pensionerlar kartasiga 1% ortiqça pul kelib tuşadi.
Hozirda ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, deyarli barça banklar pensionerlar uçun bankomatdan pul naqdlaştirişda xizmat haqi olişmaydi. Naqdlaştiriş 0%. «Endi yuqoridagi özgarişdan kelib çiqib, 1-maydan boşlab biz xizmat haqi joriy qila olmamizmi?» degan savol berişgandi.
Uşbu savol böyiça Markaziy bank bilan boğlandim. Ularning bergan maʼlumotiga köra, banklar 1-maydan boşlab bemalol xizmat haqi joriy qilişi mumkin böladi.
Çunki 1-maydan boşlab, aynan pensionerlarning bankomatdan pul naqdlaştirişiga oid xarajatlarini qoplaş uçun qöşimça 1% pul taşlab beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 771



