Pensiya va nafaqani plastikda oluvçilarga 1% qöşib beriladi

Matn8-aprel, 2022, 12:401 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz❗️Нотўғри тушунманг: пенсия ва нафақаларни пластик картада олувчиларга давлат 1% миқдорида қўшимча тўлов қўшиб беради. Бу яхши хабар! Президентнинг тегишли қар…

❓Pensiya va nafaqani plastikda oladiganlarga nima uçun qöşimça 1% qöşib berilyapti?

Çunki şu paytgaça köplab pensionerlardan quyidagiça şikoyat kelib tuşardi: “biz plastikni hamma joyga ham işlatolmayapmiz, baʼzan naqd pul ham kerak bölyapti, lekin bankomatlardan pulni naqdlaştirsak, bank xizmati uçun 1% olib qolişadi, biz zarar qilyapmiz” degan mazmunda.

Şu sababli köpçilik pensionerlar pensiyasini plastikda emas, naqd pulda olişni afzal bilişardi.

Mana şu eʼtirozlardan kelib çiqib, 1-maydan boşlab pensiya va nafaqasini plastikda oladigan barçaga 1% qöşimça pul qöşib beriladigan böldi. Şunda bankomatdan naqdlaştirganda pensionerlar heç qanaqa zarar körmaydi.

Eng qiziği, mabodo pensioner plastikdagi pulni naqdlaştirişni istamasa, unda öşa 1% pul olib qöyilmaydi, balki bu qöşimça pul pensionerlarda qoladi.

Lekin naqd pulda pensiya oladiganlarga 1% qöşib berilmaydi, ular pensiya va nafaqasi qança bölsa, şunça oladi. Va şunga yaraşa qöşimça xarajat ham qilmaydi. Naqd pulni tarqatişdagi xarajatlar uçun davlat byudjetidan “Xalq banki”ga 1% mablağ beriladi, bu pul pensionerlar hisobdan olinmaydi.

Yuqoridagilarga köra, naqd pulda pensiya va nafaqa oladiganlarga yaxşisi bu pulni plastikda olişga ötişlarini tavsiya qilaman. Şunda ham qulay böladi, ham qöşimça foyda bölişi mumkin. Yana ham özingizga qarang, bu ixtiyoriy, özingiz hal qilasiz.

Xullas, şunaqa gaplar.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1131
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek