Işga kiritib qöyiş bilan boğliq firibgarlik holatlari
Boş prokuratura Telegram kanali (@uzbprokuratura) Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining 2 ta tadbiri haqida maʼlumot berdi.
1️⃣ Taxiatoş tumani xalq taʼlimi bölimi boşliği vazifasini bajaruvçi M. fuqaro P.ni yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali Taxiatoş tumanidagi 1-sonli maktabga öqituvçi lavozimiga işga kiritib qöyişi evaziga undan 200 AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
2️⃣ Fuqarolar A. va B. fuqarolar Ş. va M.larni yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali davlat bojxona qömitasi Farğona viloyati boşqarmasiga işga kiritib qöyiş evaziga ulardan firibgarlik yöli bilan 4.800 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlanganlar.
Ikkala holat yuzasidan ham jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

