Prezident devoni Prezident maʼmuriyati etib qayta taşkil etildi
Prezident devonidagi özgarişlar haqida ilk xabar Kun.uz saytida çiqdi.
«Bugun, 27-avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida yiğiliş ötkazildi. Yiğiliş yakunlariga köra, prezident devoni tuzilmasida jiddiy özgarişlar röy berişi maʼlum böldi.
«Kun.uz» manbasi maʼlumot berişiça, prezident devoni prezident maʼmuriyati etib qayta taşkil etiladi va şu vaqtgaça prezident ijroiya apparati rahbari-maslahatçi sifatida faoliyat körsatib kelayotgan Zaynilobiddin Şahobiddinoviç Nizomiddinov maʼmuriyat rahbari böladi.
Endilikda davlat maslahatçisi instituti tugatilgan, davlat maslahatçilari prezident maslahatçilariga aylangan.
Sobiq davlat maslahatçilaridan Qahramon Quronboyev va Xayriddin Sultonov lavozimdan olinib, boşqa işga ötkazilgan.
Quronboyev prezident devonida Fan, taʼlim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça sektor rahbari Abdujabbor Abduvohidovga örinbosar bölgan.
Xayriddin Sultonov boşqargan xizmatini ayni paytda Abdujabbor Abduvohidov boşqarib turadi.
Sultonov spiçrayter sifatida prezident maʼruzalarini tayyorlaşda davom etadi.
Işlar boşqarmasi ham tugatilib, uning örniga yangi boşqarma tuzilgan. Prezident maʼmuriyati faoliyatini maʼmuriyat rahbari muvofiqlaştirib boradi.»
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek


