Özbekistonda viloyat va Toşkent şahar hokimlari qayta tayinlandi

Matn14-yanvar, 2020, 16:502 daqiqa0 koʻrish

Hokimlar qayta tayinlandi

Keça Özbekistonda qiziq siyosiy jarayonlar bölib ötdi. Viloyatlar hamda Toşkent şahar kengaşlariga saylangan deputatlar hudud hokimlarini qayta tasdiqlaşdi. Hozir amalda bölib turgan hokimlar nomzodini körsatib, Prezident taqdimnomasi kiritildi, deputatlar esa ularni bir ovozdan qöl kötarib, tasdiqlaşdi (birorta hududda qaysidir deputat amaldagi hokimga qarşi ovoz bergani yoki betaraf bölganini eşitmadik).

Mazkur jarayonlarda hokimlar tarkibida heç qanday özgariş bölmadi, faqat Toşkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov hamda Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevlar «hokim vazifasini bajaruvçi» degan qöşimçadan xalos bölişdi. Boşqa özgariş yöq.

14-15-yanvar kunlari esa barça şahar va tumanlarning hokimlari yangi tarkibdagi mahalliy kengaş deputatlari oldida qayta tasdiqdan ötişi kutilmoqda.

Eslatma: Şavkat Mirziyoyev Prezident bölib saylangandan keyin faqat vodiyning uçta viloyatida hokimlar almaşmadi, qolgan barça hududlar hokimlari özgartirildi.

Hokimlar röyxatini xronologik ketma-ketlikda yana bir bor eslatib ötamiz:

Ganiyev Şuxrat Madaminoviç — Farğona viloyati hokimi (2011-yil 7-noyabrdan)

Abduraxmanov Şuxratbek Kuşaqbayeviç — Andijon viloyati hokimi (2013-yil 26-apreldan)

Bozarov Xayrullo Xayitbayeviç — Namangan viloyati hokimi (2015-yil 26-noyabrdan)

Mirzayev Ğofurjon Ğaniyeviç — Sirdaryo viloyati hokimi (2016-yil 15-dekabrdan)

Barnoyev Öktam Isoyeviç — Buxoro viloyati hokimi (2016-yil 16-dekabrdan)

Tursunov Kobul Beknazaroviç — Navoiy viloyati hokimi (2016-yil 25-dekabrdan)

Saliyev Ergaş Alibekoviç — Jizzax viloyati hokimi (2017-yil 31-oktabrdan)

Ermanov Farxod Urazboyeviç — Xorazm viloyati hokimi (2018-yil 21-apreldan)

Artikxodjayev Jaxongir Abidoviç — Toşkent şahar hokimi (2018-yil 27-apreldan)

Turdimov Erkinjon Oqbutayeviç — Samarqand viloyati hokimi (2018-yil 12-iyuldan)

Bobolov Töra Abdiyeviç — Surxondaryo viloyati hokimi (2019-yil 1-maydan)

Xolmatov Rustam Qurbonnazaroviç — Toşkent viloyati hokimi (2019-yil 4-iyundan)

Mirzayev Zoyir Toiroviç — Qaşqadaryo viloyati hokimi (2019-yil 26-oktabrdan)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek