2018-yildagi vazirlar tayinlovi sarhisobi
Yil tayinlovlari – vazirlar misolida
Joriy yilda qator vazirliklarning rahbarlari özgardi.
Taʼkidlaş joiz, ularning orasida eng köp muhokama qilingan va taʼbir joiz bölsa, keng jamoatçilik tomonidan katta qiziqiş bilan qöllab-quvvatlangan tayinlov – Xalq taʼlimi vaziri sifatida Şerzod Şermatovning tayinlanişi böldi, desak mubolağa bölmaydi. Salkam jar yoqasiga kelib qolgan xalq taʼlimi tizimiga zamonaviy fikrlaydigan jamoaning kelişi köpçilikda, ayniqsa öqituvçilarda kelajakka umid uyğotgani, şubhasiz. Va ötgan davr mobaynida tizimda ijobiy özgarişlar ham sezildi.
2018-yilda vazirliklarning rahbariyatida quyidagi özgarişlar kuzatildi:
👉 12-fevral kuni ikkiga ajratilgan Qişloq xöjaligi hamda Suv xöjaligi vazirliklariga rahbarlar tayinlandi. Unga köra, Özbekiston fermerlari Kengaşi raisi Yusupov Baxodir Tursunoviç Qişloq xöjaligi vaziri (PF-5332), avvalgi vazirlikda suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosar bölib işlagan Hamroyev Şavkat Rahimoviç esa Suv xöjaligi vaziri (PF-5333) etib tayinlandi;
👉 11-aprel kuni Olmazor tuman hokimi Töxtayev Abduqahhor Hasanoviç yangi taşkil etilgan Quriliş vazirligiga vazir etib tayinlandi (PF-5408);
👉 12-aprel kuni Mirzo Uluğbek tuman hokimi Kudbiyev Şerzod Davlyatoviç Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi (PF-5413). Avvalgi vazir Aktam Hayitov Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi lavozimiga ötkazildi;
👉 22-iyun kuni Şermatov Şerzod Xotamoviç Xalq taʼlimi vaziri sifatida tayinlandi (PF-5462). U bungaça Innovatsion rivojlaniş vazirining örinbosari sifatida işlab kelayotgan edi. Avvalgi xalq taʼlimi vaziri Uluğbek Inoyatov keyinçalik Namangan davlat universiteti rektori sifatida tayinlandi;
👉 31-iyul kuni Nabiyev Dilmurod Hamidullayeviç Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi (PF-5494). Bungaça Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgan D.Nabiyev sobiq vazir Şoakrom Isroilov örnini egalladi;
👉 9-avgust kuni Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi direktori Sadikov Şuxrat Muxamadjanoviç Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri etib tayinlandi (PF-5507). Ungaça vazirlikda A.Axmedxadjayev rahbar edi.
2018-yilda boşqa özgariş bölmadi. Quyida qolgan vazirliklar rahbarlarining töliq röyxatini xronologik ketma-ketlikda keltiramiz. Eʼtiborli tomoni, Şavkat Mirziyoyev Prezidentligi davrida faqat Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov vazir sifatida öz lavozimini saqlab turibdi, qolgan barça vazirlar almaştirildi.
2012-yil
13-yanvar - Taşqi işlar vaziri sifatida Komilov Abdulaziz Hafizoviç tayinlandi (PF-4412);
2017-yil
20-fevral - Soğliqni saqlaş vaziri Şadmanov Alişer Qayumoviç (PF-4964);
20-iyun - Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Madjidov Inom Urişeviç (PF-5092)
5-iyul - Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri Soliyev Muzaffar Xoldarbayeviç (PF-5109);
9-avgust - Madaniyat vaziri Sayfullayev Baxtiyor (PF-5144);
14-avgust - Adliya vaziri Davletov Ruslanbek Quroltayeviç (PF-5153);
4-sentabr - Mudofaa vaziri Azizov Abdusalom Abdumavlonoviç (PF-5179);
4-sentabr - Içki işlar vaziri Bobojonov Pulat Razzakoviç (PF-5183);
19-oktabr - Maktabgaça taʼlim vaziri Agrepina Şin Vasilyevna (PF-5211);
28-noyabr - Iqtisodiyot vaziri Xodjayev Botir Asadillayeviç (PF-5258);
28-noyabr - Moliya vaziri Kuçkarov Jamşid Anvaroviç (PF-5254);
28-noyabr - Taşqi savdo vaziri Xöjayev Jamşid Abduhakimoviç (PF-5260);
29-noyabr - Innovatsion rivojlaniş vaziri Abduraxmonov Ibroxim Yulçiyeviç (PF-5265).
Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimi hozirça vakant bölib turibdi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 2


