Vazirliklarni ixçamlaştiriş böyiça sörovnoma
❗️Diqqat, sörovnoma: Sizningça, qaysi vazirlik(lar)ni tugatiş yoki bir-biriga qöşib yuboriş kerak?
Yaqinda sobiq ittifoq hududidagi islohotçilardan biri, iqtisodçi Kaxa Bendukidzening Ukrainadagi islohotlarga bağişlangan maʼruzasidan parçalarni öqib qoldim.
Öşa yerda Hukumat portfelini ixçamlaştiriş hamda köplab vazirlik va davlat idoralarini tugatiş haqida ham söz boradi. Şularni öqib, bir sörovnoma taşkil qiliş fikri tuğildi.
Özbekistonda bugungi kunda 24 ta vazirlik bor (agar adaşib ketmay, töğri sanagan bölsam). Qömita, agentlik, inspeksiya, markaz va uyuşmalar soni esa bundan ham köp. Davlat sektori şişib ketgani ham rost. Yaqinda adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham hukumatni ixçamlaştiriş kerak, degandi.
Quyidagi qisqa sörovnoma orqali 24 vazirlikning qaysi birini tugatiş mumkinligi, yoki qaysilarini bir-biriga qöşib yuboriş kerakligi haqida jamoatçilik fikrini örganib köramiz.
Sörovnoma köp vaqt olmaydi, atigi 2-3 daqiqada savollarga javob berib bölasiz. Oldindan iştirok uçun rahmat.
Sörovnomada qatnaşiş:
👉 https://forms.gle/CiW91Wq41jpYScwDA
Quyida esa Kaxa Bendukidzening ayni şu mavzudagi fikrlaridan parça keltiraman (töliqroği bu yerda):
«Qaysi vazirlik kerak emas?
Hozir Ukrainaga oddiy, taʼbir joiz bölsa, kesadigan islohotlar kerak. Reforma haqida bahs-munozaralar kerak emas. Tasavvur qiling, mamlakatingiz hududiga havodan raketa hujumi bölmoqda va snaryad qaysidir vazirlik ustiga tuşdi. Siz vayron bölsa, ukrain xalqiga oğir böladigan vazirlikni aytişingiz kerak. Yoşlar va sport vazirligi? Sukunat... Madaniyat vazirligi? Sukunat... Taʼlim vazirligi vayron bölsa, biror narsa özgararmidi?.. Şuni aytişim mumkinki, Mudofaa vazirligi binosi ustiga raketa tuşsa ham heç narsa özgarmaydi. Çunki sizda Mudofaa vazirligi bor, lekin mudofaa yöq...»
👉 @xushnudbek 👈



