TechnoWays texnologik rivojlaniş marafoni boşlandi
Xushnudbek.uzVideo2 daqiqa0tahrirlanganKeça INNO texnoparkida yoşlar uçun Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan taşkillaştirilgan «TechnoWays» texnologik rivojlaniş marafonining respublika bosqiçi boşlandi.
Yangiça formatda taşkil qilinayotgan tadbir 24-noyabrgaça davom etadi. Marafonda yoşlar zamonaviy texnoparkning barça imkoniyatlaridan foydalangan holda öz innovatsion ğoyalari ustida iş olib borişadi. Iştirokçilar uçun turli xil «Innotur» sayyohatlari uyuştiriladi.
Marafon yakunida iştirokçilar orasidan 8 nafar eng zör ğoya mualliflari tanlab olinadi va ularning har biriga pul mukofotlari beriladi.
«TechnoWays» texnologik rivojlaniş marafonining respublika bosqiçi ğoliblari 22-27-noyabr kuni bölib ötadigan «InnoWeek.Uz-2021» innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida taqdirlanadi.
- 👍 2






