Özbekiston uçun 100 ğoya loyihasiga arizalar qabul qilinmoqda

Foto10-iyun, 2021, 19:191 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Inson ongining çegarasi yöq, unda aql bovar qilmas fikrlar, ğoyalar paydo böladi. Ular şunçaki ğoya bölib qolib ketmasligi uçun, öz vaqtida amalga oşiriş kerak. Köpinça xohiş bölsa-da, yetarli imkoniyatning yöqligi aksariyat loyihalarning şunçaki orzu bölib qolib ketişiga sabab böladi. “Özbekiston uçun 100 ğoya” loyihasi esa sizning ğoyalaringiz uçun minbar bölib xizmat qilişi mumkin.

Yoşlar işlari agentligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, IT-park va Prezidentning 5 ta taşabbusi loyiha ofisi tomonidan taşkil qilinayotgan keng qamrovli tadbirda mamlakatning 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan aholisi Özbekiston ravnaqiga xizmat qiladigan öz ğoya va loyihalari bilan iştirok etişlari mumkin.

Siz ham qatnaşib, ğoyalaringizni amalga oşiring. Arizalar 2021-yil 20-iyunga qadar www.100ideas.uz sayti yoki Telegramdagi @yuzideas_bot orqali qabul qilinmoqda.

Sayt | Bot | Facebook | Instagram | YouTube

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek