Davlat xizmatida qarindoş-uruğçilik uçun jazo taklif etildi

Matn15-noyabr, 2021, 18:401 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat xizmatiga işga qabul qilişda qarindoş-uruğçilikka yöl qöygan mansabdorlarni javobgarlikka tortiş taklif etilmoqda

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan eʼlon qilingan yangi qonun loyihasiga köra, davlat xizmatçisiga özaro qarindoşlik riştalariga ega bölgan şaxs bilan xizmat qilayotgani öziga maʼlum bölgan vaqtdan boşlab 10 kun muddat içida davlat taşkiloti rahbariga bu haqda xabar berişi kerak böladi.

❌ Şuningdek, özaro qarindoşlarning (aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari hamda şunga öxşaşlar), bir davlat taşkiloti va uning tarkibidagi tuzilmalar biri ikkinçisiga bevosita böysinuvida yoki uning nazorati ostida bölganda xizmat qilişiga yöl qöyilmaydi.

⛔️ Bunday holat mehnat şartnomasi tuzilgandan söng aniqlanganda, iş beruvçi uşbu xodimlardan birini, biri ikkinçisiga bevosita yoki uning nazorati ostida bölmagan avvalgisiga teng boşqa işga ötkaziş çoralarini körişi şart.

❗️Qonunga amal qilinmagan taqdirda maʼmuriy javobgarlikka tortiş taklif etilyapti. Bunda:

qarindoşi bilan birga işlayotgani haqida xabar bermaslik uçun — 5,4 mln sömgaça;

qarindoşlarni boşqa işga ötkazmaganlik uçun — 8,1 mln sömgaça jarima belgilanişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek