Davlat fuqarolik xizmati töğrisidagi qonun qabul qilindi

Matn2-mart, 2022, 14:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️ «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonun qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bugungi yiğilişida köpdan buyon muhokama qilinayotgan muhim qonunlardan biri «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uçinçi öqişda qabul qilindi. Endi mazkur qonun Senatga yuboriladi.

Qonun bilan Özbekiston davlat boşqaruvi va mahalliy hokimiyat idoralarida mehnat qilayotgan 120 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatçilari faoliyati, ularning maqomi hamda huquq va majburiyatlari, şuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga kiriş hamda uşbu tizimda korrupsiya va manfaatlar töqnaşuvini oldini olişga oid munosabatlar tartibga solingan.

Qonunga muvofiq, endilikda maxsus vakolatli organ (Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi — ARGOS) tomonidan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritiladi hamda reyestrga kiritilgan lavozimlarga davlat xizmatçilari oçiq tanlov asosida tayinlanadi.

Reyestrga kiritilgan davlat fuqarolik lavozimlari guruh va toifalarga ajratilib, davlat xizmatçisiga uning lavozim guruhi va toifasidan kelib çiqib, malaka darajalari (çin) beriladi.

Davlat xizmatçisini munosib rağbatlantirilişi va xizmat poğonasida kötarilişi masalasi ham qonun bilan tartibga solingan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 581
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek